Huawei TalkBand 5: tarmoqlarda o‘g‘irlangan surati paydo bo‘ldi

  •   Saroy
  •  1030
  •  09.07.2018 18:05

Huawei TalkBand 5: tarmoqlarda o‘g‘irlangan surati paydo bo‘ldi

Yaqinda mashhur insayder Evan Blass (Evan Blass)  fitnes-trekerining gibridi hamda TalkBand B5 garniturasi  tasvirlangan  fotosuratni taqdim etgandi. Endi esa yangi qurilmalarning josuslik yo‘li bilan olingan fotosurati tarmoqlarda ko‘rina boshladi.

O‘QING:Huawei uchta smart-kolonka taklif etmoqda

Rasmga qarab aytish mumkinki, yangi qurilmalar unchalik katta bo‘lmagan shaffof qutiga ega bo‘ladi. Bu gal bir qator yangi ma’lumotlar ham bor.  Masalan, TalkBand B5 sensorli rangli AMOLED-displeyi bilan jihozlanadi, yurak ritmini o‘lchaydigan TruSeen 2.0 datchigi bor, shuningdek, qurilmaga ovozli boshqaruv funksiyasi va yugurish hamda uxlash uchun maxsus rejim o‘rnatilgan. Gap-so‘zlarga qaraganda, treker ham batareyaga ega bo‘ladi va u 4-5 kun  ishlaydi. Qurilma  IP67 standarti bo‘yicha suvdan himoyalangan.

O‘QING:Xiaomi Mi Band 2: 25 dollar sog‘ligingizdan o‘rgilsin!

TalkBand B5 yaqin haftalarda yoki IFA 2018 ko‘rgazmasida omma e’tiboriga havola etiladi. Ushbu tadbir avgust oyida Berlinda bo‘lib o‘tadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!