Huawei tarixda ilk bor Samsung’ni quvib o‘tib, 1-raqamli smartfonsozga aylandi!

  •   DiMaX
  •  1931
  •  16.06.2020 10:51

Huawei tarixda ilk bor Samsung’ni quvib o‘tib, 1-raqamli smartfonsozga aylandi!

Bundan bir necha yil avval Huawei smartfon sotish bo‘yicha Apple’ni quvib o‘tib, dunyodagi ikkinchi raqamli smartfonsozga aylangan edi. Xitoylik gigant bu boradagi yetakchi – Samsung’dan ham o‘zib ketishni rejalashtirgandi, lekin unga AQSh sanksiyalari xalaqit berdi.

O‘QING: DxOMark eng zo‘r kamerofon, selfifon va audiosmartfonlarni e’lon qildi

Shunga qaramasdan, smartfon sotish borasida ham Huawei’ning ishlari yaxshi ketmoqda. Counterpoint Research tahlil kompaniyasining ma’lum qilishicha, joriy yilning aprel oyiga kelib, u Samsung’ni quvib o‘tib, jahon smartfon bozori yetakchisi bo‘lgan. Ya’ni, u raqobatchilaridan ko‘ra ko‘proq aqlli telefonlar sota olgan.

Aniqroq qilib aytsak, aprelda dunyo smartfon bozorining 19 foizi Huawei hissasiga to‘g‘ri kelgan. Janubiy koreyalik raqobatchi esa 17 foizlik ulush bilan ikkinchi o‘ringa tushib qolgan. To‘g‘ri, bu g‘alaba qisqa muddatli bo‘lishi mumkin, zero, ikkinchi kvartal natijalari o‘zgacha bo‘lishi ehtimoli yuqori.

Huawei yutug‘iga bir nechta omillar sabab bo‘lgan va bulardan birinchisi – koronavirus pandemiyasidir. Zero, uning ishlab chiqaruvchilarga zarbasi katta bo‘ldi, xitoyliklar esa mazkur muammoga hammadan avval duch kelish bilan birga, eng birinchi bo‘lib undan qutula olganlar ham. Shuningdek, Google servislari yo‘qligi sababli yevropaliklar Huawei smartfonlaridan yuz o‘girganlarida ham «Osmon osti saltanati» aholisi mahalliy ishlab chiqaruvchini yanada ko‘proq qo‘llab-quvvatladi.

O‘QING: Dunyodagi eng arzon 5G-smartfonni Huawei taqdim etdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!