Huawei tez orada flagman noutbukini taqdim etmoqchi

  •   DiMaX
  •  598
  •  17.10.2018 18:10

Huawei tez orada flagman noutbukini taqdim etmoqchi

Kuni kecha xitoylik texnogigant o‘zining Mate 20 turkumidagi flagmanlarini hamda smart-soatini rasman namoyish etganidan xabaringiz bor. Londonda bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda Huawei o‘zi yaqin orada taqdim qilishni rejalashtirayotgan yana bir gadjetga nozik ishora qilib o‘tgan.

O‘QING: Dunyoda birinchi: Huawei Mate 20 smartfonni simsiz quvvatlaydi

AnanTech sayti jurnalistlari taqdimotdan ayrim slaydlarni saqlab olishga ulgurishgan. Ularga tayangan holda aytish mumkinki, Huawei shu yilning noyabrida MateBook turkumidagi flagman noutbuklarining yangi versiyasini taqdim etadi.

Taqdimot tadbiridagi slaydlardan birida Huawei noutbuki va kompaniyaning yangi smartfoni aks ettirilgan. Aftidan, bu MateBook X Pro emas, balki oddiy eski MateBook bo‘lsa kerak.

Mate 20 flagman smartfonlarida yangi funksiya tatbiq etilgan, bu – Huawei qurilmalari orasida simsiz holda yuksak tezlikda ma’lumot almasha olish imkonidir. MateBook modeli ishlab chiqaruvchining mazkur funksiyani qo‘llab-quvvatlovchi ilk noutbuki bo‘ladi. Kompaniya vakillarining ta’kidlashlaricha, ushbu texnologiya yordamida ikki soniyada mingtagacha fotosuratni bitta Huawei gadjetidan ikkinchisiga simsiz aloqa orqali o‘tkazish mumkin.

Darvoqe, ayrim ishlab chiqaruvchilarning turli rusumlardagi noutbuklarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn usulda xarid qilishingiz mumkin. Bunda uydan yoki ofisdan chiqmasdan buyurtma berishingiz, to‘lovni o‘zingizda ma’qul usulda va tovar qo‘lingizga tekkanidan keyin amalga oshirishingiz mumkinligi kabi jihatlar sizga ma’qul keladi.

O‘QING: Huawei MateBook D (2018) – MacBook’dan ko‘p tomonlama yaxshi ultrabuk taqdim etildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!