«Hurmatli radiotomoshabinlar»: SSSR tarixidagi ilk teleko‘rsatuv qanday bo‘lgandi?
1938 yilning ayni mana shu sanasi – 7 iyul kuni «Leningradskoye TV» telekanali o‘z faoliyatini boshlagan. Bu – sobiq Ittifoq tarixidagi eng birinchi teleko‘rsatuv edi.
«Leningradskoye TV» telekanali hozirgi kunda «Pyatiy kanal» siftida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Uning ilk efiri yozuvi saqlanib qolmagan, bizgacha esa faqat studiyadan olingan quyidagi surat yetib kelgan.
O‘shanda ixcham studiyada diktor qiz chiqib, hozir qaysi filmlardan parchalar efirga uzatilishini aytgan, so‘ng kinolardan parchalar ketgan. Shuningdek, uning ortidan konsert qo‘yib berishgan, bunda ovoz oddiy patefondan yangragan.
Qizig‘i shundaki, kontent uzatishning yangicha – televizion formatiga qaramasdan, o‘shanda auditoriyaga «Hurmatli radiotomoshabinlar» («Dorogiye radiozriteli») deya murojaat etishgan.
O‘QING: LCD-televizor va monitor ekranidagi dog‘larni oson ketkazishning eng arzon usuli