IFA-2016: Lenovo tugmasiz noutbukni namoyish etdi

IFA-2016:  Lenovo tugmasiz noutbukni namoyish etdi

Xitoyning Lenovo kompaniyasi Berlinda shu kundarda bo‘lib o‘tayotgan IFA-2016 ko‘rgazmasida tugmasiz noutbukni namoyish qildi. Yoga Book nomli ushbu noutbuk sensorli panel yordamida boshqariladi.

Tugmalar chegarasi fon yorug‘ligi orqali belgilanadi, biroq fon chirog‘ini o‘chirib, paneldan rasm chizish maqsadida ham foydalansa bo‘ladi. Buning uchun noutbukda quvvatlashni talab qilmaydigan Wacom stilusi ko‘zda tutilgan.

Yoga Book’da an’anaviy tugmali klaviaturadan voz kechish – noodatiy va zamonaviy qaror. Sensorli panelda bosish harakatiga javob qaytaradigan vibratsiya tizimi yo‘lga qo‘yilganligi sababli klavituraga o‘rganish juda oson.

Bundan tashqari, sensorli klaviatura jarayon davomida foydalanuvchining harakatlarini eslab qoladi, so‘zlarni taxmin qiladi va avtomatik tarzda imloviy xatolarni to‘g‘rilab, so‘zlarni to‘ldiradi.

Yoga Book transformer form-faktorida ishlangan. Uni noutbuk, planshet, taqdimot paneli va chizish asbobi sifatida ham ishlatish mumkin.

Noutbukning parametrlari quyida berilgan:

  • Ekran: 10,1 dyuym, Full HD
  • Protsessor: Intel Atom x5, 2,4 GGs
  • Tezkor xotira: 4 GB
  • Doimiy xotira: 64 GB
  • Qalinligi: 9,6 mm
  • Massa: 690 g
  • LTE: mavjud
  • Akkumulyator: 15 soat ishlashga mo‘ljallangan

Transformer ikkita versiyada ishlab chiqariladi: Android 6.0 dasturida ishlaydigan versiyasi -499 dollar, Windows 10 dasturi o‘rnatilgan versiya esa 549 dollar narxda sotiladi. Qurilmaning sotuvi oktyabr oyida boshlanadi.

download (1) download (2) download (3) download (4) download (5) download

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!