IIV ijtimoiy tarmoqda radikal g‘oyalar tarqatilayotganidan ogohlantirdi

  •   DiMaX
  •  508
  •  30.10.2020 08:58

IIV ijtimoiy tarmoqda radikal g‘oyalar tarqatilayotganidan ogohlantirdi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida turli radikal, diniy ekstremistik va islom diniga yot g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi ma’lumotlar tarqalayotganidan ogohlantirdi.

O‘QING: IMEI-kodlar yuzasidan AKT vazirligi, IIV va Bojxona qo‘mitasi brifingi: jinoyatlar fosh bo‘ldi!

 «Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga turli radikal, diniy ekstremistik va islom diniga yot bo‘lgan g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi ma’lumotlarni tayyorlash, saqlash va tarqatish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 156-modda (Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish), 244 prim 3-modda (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) larida belgilangan javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lishi haqida ogohlantiramiz.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini (jurnalist, bloger va fuqarolar) omma e’tiboriga havola qilinayotgan ma’lumotlarni avvalo qonunga xilof emasligini o‘rganib chiqishingizni so‘raymiz», deyiladi IIV xabarida.

O‘QING: RASMAN: O‘zbekistonda ekstremistik va terroristik profil, kanal va sahifalar ro‘yxati e’lon qilindi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!