Ikki oyoqli robot 100 metrga yugurish bo'yicha Ginnesning rekorlar kitobiga kirdi

Ikki oyoqli robot 100 metrga yugurish bo'yicha Ginnesning rekorlar kitobiga kirdi

Kessi ismli ikki oyoqli robot 100 metrga yugurish bo'yicha Ginnesning yangi rekordini o'rnatdi. U berilgan masofani 24,73 soniyada, o'rtacha 14 km/s tezlik bilan bosib o'tgan. Albatta, bu odamga qaraganda ancha sekinroq: Usayn Bolt tomonidan o'rnatilgan rekord vaqt 9,58 soniya edi. Biroq, bu Kessining dizaynidagi robot uchun katta yutuqdir.

Kessi dunyodagi eng tez oyoqli robot ham emas. Boston Dynamics tomonidan ishlab chiqilgan katta hajmli WildCat robot prototipi  o'zining to'rtta oyoqlari bilan soatiga 30 km/s tezlikda yugura oladi.

Kessi roboti Oregon shtati universiteti muhandislari tomonidan yaratilgan va Agility Robotics tomonidan ishlab chiqarilgan. Agility Kessi oyoqlarini quvvatlash uchun ishlab chiqilgan ikki oyoqli texnologiyadan foydalanadi, u nafaqat yurish va zinapoyalarga ko'tarila oladi ham. 

"Bu yugurishni o'rgangan birinchi ikki oyoqli robot bo'lishi mumkin, ammo oxirgisi bo'lmaydi", deydi OSU robototexnika professori Jonatan Xerst.

O'QING: Yangi Redmi Note smartfoni rekord darajadagi zaryadlanish tezligiga ega bo‘ladi