Ikkita rangli ekranli Nubia Z18S smartfonining rasmiy posteri chiqdi

  •   DiMaX
  •  894
  •  29.06.2018 18:13

Ikkita rangli ekranli Nubia Z18S smartfonining rasmiy posteri chiqdi

ZTE kompaniyasi hali o‘zining Nubia Z18 flagmanini rasman taqdim etishga ulgurgani yo‘q. Ammo allaqachon uning navbatdagi modeli – Nubia Z18S smartfoni haqida ma’lumotlar tarqalmoqda.

O‘QING: ZTE Nubia flagmani: old kamerasi va ekran «kemtigi» yo‘q, ammo ekrani va barmoq izi skaneri ikkitadan!

Bu – o‘sha, korpusining old paneli faqat ekrandan iborat, orqasida ham ekrani mavjud bo‘lgan model ekan. Rasmiy posterdan kelib chiqadigan bo‘lsak, uning orqa qopqog‘ida ham rangli displey bo‘ladi.

Hozircha Nubia Z18S flagmanining texnik xususiyatlari haqida biror ma’lumot yo‘q. Lekin uning ilg‘or Snapdragon 845 chipi bazasida, 6/8 gigabaytlik tezkor xotira bilan ishlaydigan bo‘lishini kutish mumkin.

Shuningdek, bu antiqa smartfonning taqdimot sanasi ham ma’lum emas. Aftidan, ZTE uni yaqin oylar ichida, Nubia Z18 bilan birga namoyish etsa kerak.

O‘QING: ZTE Nubia Z18 flagmani «jonli» rasmlarda: displeyi «o‘yiq»li, ammo iPhone X’dagidan farq qiladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!