Ilk 5G tijorat tarmog‘i unchalik ham halol emas ekan

  •   Saroy
  •  705
  •  03.10.2018 13:27

Ilk 5G tijorat tarmog‘i unchalik ham halol emas ekan

1 oktyabr kuni Amerikaning Verizon operatori dunyodagi ilk 5G tijorat tarmog‘ini ishga tushirgani haqda ma’lum qilgandi. O‘shanda, to‘rtta shahar aholisi uydagi simli internetini beshinchi avlod simsiz mobil aloqaga  o‘tkazishi mumkinligi aytilgan edi.

The Verge sayti  nima uchun  Verizon yo‘lga qo‘ygan  5G aloqasi u qadar halol emasligi haqida so‘zlab berdi.

Birinchi tijorat tarmog‘i hisoblangan 5G Verizon kompaniyasining o‘ziniki bo‘lgan 5G TF standarti bo‘yicha ishlaydi. Bu vaqtda dunyodagi barcha provayderlar umumqabul qilingan 5G NR  standarti bo‘yicha faoliyat olib boradi. Ko‘rinib turibdiki, Verizon haqiqiy 5G texnologiyasining faqat bir qismidan foydalanadi, bu millimetrli radioto‘lqinlar, qolganida tarmoq boshqa tamoyilda ishlaydi. Hatto Verizon kompaniyasining o‘zida ham kelgusida umumqabul qilingan 5G NR standartiga o‘tishini ta’kidlashmoqda.

O‘QING:Yaponiyada 2020 yilga kelib 5G mobil aloqasi ishga tushadi

Raqobatchi T-Mobile operatori bosh direktori Djon Leje  Verizon kompaniyasini ochiqchasiga tanqid qildi. U o‘zining tvitida  Verizon rahbariyatiga kinoya aralash tabrik yo‘lladi. Tabrikda  5G xabari nohalol reklamalardan olingan yulduzchalar va ko‘chirmalar bilan belgilab qo‘yilgan. Shu yo‘l bilan u 5G-tarmog‘ini chala deb baholagan.

Verizon’ning o‘zi esa o‘zining ilk tarmog‘i hisoblangan  5G’ni kengaytirishning imkoni yo‘qligini tan olgan.  Kelgusida barcha uskunalarni umumqabul qilingan 5G NR standartlariga to‘g‘ri keladigan uskunalariga to‘liq almashtirishga to‘g‘ri keladi. Biroq ular 5G uskunalariga o‘tishning taxminiy  muddatini hozircha aytmayapti.

Verizon vakili Ed Chan (Ed Chan) ning tushuntirishicha, ular o‘zlarining 5G TF texnologiyasini ishlatishiga 3GPP  assotsiatsiyasi umumqabul qilingan 5G NR standartini juda sekin rivojlantirgani sabab bo‘lgan.  Ed Channing fikricha, ularning harakati bilan 5G NR standarti bir yarim yilga tezlashgan.

Verizon operatorining fikricha, ular dunyoda birinchi bo‘lib 5G tarmog‘ini ishga tushirdi. Rasman, shunday, ular yangi texnologiya va yanada tez radioto‘lqindan foydalanmoqda. Mohiyatan, bu yangi avloddagi mobil aloqa hisoblanadi. Ammo ularning tarmog‘i umumqabul qilingan 5G NR standartidan chetlashgan va faqat uy internetida foydalanish mumkin.

O‘QING:Mobil operatorlarning cheksiz internet tariflari va 5G texnologiyasi Wi-Fi’ni siqib chiqaradi

Verizon’ning ushbu qadamini ko‘proq o‘zining nufuzini oshirish maqsadida  atay o‘ylab qilingan piar yurishga o‘xshatishmoqda. Ular birinchi bo‘lish uchun umumiy 5G standartidan atay chekingan. Kompaniyaning o‘zi bundan daromad olishi qiyin, chunki keyinchalik tarmoqni baribir yangi uskunalarga moslashtirishga to‘g‘ri keladi, bu esa qimmatga tushadi.

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!