ILK BOR: Saudiyada odamsimon robot davlat tashkilotiga rasman ishga olindi! (+video)

  •   DiMaX
  •  755
  •  03.01.2019 12:01

ILK BOR: Saudiyada odamsimon robot davlat tashkilotiga rasman ishga olindi! (+video)

Eslasangiz kerak, 2017 yil so‘ngida Saudiya Arabistoni robotga fuqarolik bergan ilk davlat bo‘lgan edi. Gongkongning Hanson Robotics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Sofiya nomli ushbu robot odamlarni yo‘q qilishini aytgan.

O‘QING: Saudiya fuqaroligini olgan robot endi oila qurishni istayapti

Mazkur mamlakat yana bitta antiqa ishga qo‘l urdi – davlat tashkilotlaridan biriga boshqa bir robotni rasman ishga qabul qildi! Teqany nomli ushbu android (odamsimon robot) ta’lim vaziri Ahmad al-Eyssa tomonidan registrator – ro‘yxatga oluvchi lavozimiga tayinlangan.

O‘z vazifasini bajarishga kirishayotib so‘zlagan nutqida Teqany namunali xodim bo‘lishga so‘z bergan. Bundan to‘lqinlangan vazir va boshqa yig‘ilganlar qarsaklar bilan uni olqishlashgan.

Mana, ushbu jarayonni o‘zingiz tomosha qiling:

Teqany’ning ishga olinishi Vision 2030 milliy dasturi doirasida amalga oshirilgan. G‘ayrioddiy xodim poytaxt Ar-Riyod shahridagi Texnik va kasbiy ta’lim korporatsiyasida ishlaydi. Uning asosiy vazifalari elektron baholash tizimlari yordamida mijozlarga xizmat ko‘rsatish, so‘rovlar o‘tkazish hamda tashrif buyuruvchilarni bo‘ladigan tadbirlar haqida ogohlantirish hisoblanadi.

O‘QING: Buxoroda robot davlat xizmatlari haqida ma’lumot bermoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!