ILK BOR: Xiaomi smartfoni uxlayotgan egasi yonida portlab ketdi!

  •   DiMaX
  •  1452
  •  03.10.2018 09:31

ILK BOR: Xiaomi smartfoni uxlayotgan egasi yonida portlab ketdi!

Smartfon batareyalarining portlashi haqida gap ketganda, ko‘pchilik birinchi o‘rinda Samsung Galaxy Note 7 fabletini eslaydi. Ammo boshqa ishlab chiqaruvchilarning turli gadjetlarida ham bu kabi holatlar uchrab turadi.

O‘QING: Batareyalarning portlashi: sabab va oqibatlari, himoyalanish usullari

Jumladan, Xiaomi rasmiy forumida Mi A1 smartfoni batareyasining portlagani haqidagi ilk ma’lumot e’lon qilindi. Yaxshiyamki, bu holat yong‘inga sabab bo‘lmagan va shundoqqina qurilmaning yonida uxlab yotgan egasiga zarar yetmagan.

Foydalanuvchi odatdagidek Xiaomi Mi A1 smartfonini quvvatlash uchun tunda o‘z krovati yonidagi tumbochka ustiga qo‘yib yotgan. Tunda esa devaysning batareyasi portlab ketgan. Uning g‘ilofi portlashni, alangani va tovushni tashqariga chiqarib yubormagan. Egasi esa ertalabgina bundan xabar topgan va yarim tunda uyqu aralash allaqanday tovush eshitganini eslagan.

Smartfon egasi allaqachon Xiaomi rasmiy servis markaziga murojaat etgan, u kompensatsiyadan umidvor. Shuningdek, u barcha smartfon egalarini o‘z devayslarini tunda quvvatlashga qo‘ymaslikka chaqirgan. Xususan, qurilmani o‘z yonida va boshiga yaqin joyda quvvatlashga qo‘ymagan ma’qul, deydi u.

O‘QING: Smartfonni tunda quvvatlashga qo‘yib yotish xavflimi?