Ilon Mask kattalar uchun ham Tesla’ning mitti nusxasini taqdim etmoqchi

  •   Saroy
  •  1234
  •  06.08.2018 15:48

Ilon Mask kattalar uchun ham Tesla’ning mitti nusxasini taqdim etmoqchi

Bundan bir yil avval Radio Flyer kompaniyasi Tesla Model S elektrokarasining bolalarbop versiyasini chiqargan edi. Endi kattalar ham bu o‘yinchoqdan bebahra qolmasin deb, Ilon Mask barcha yoshdagilar uchun yana bir mini-avtomobilini yaratishga va’da berdi.

Kuni kecha  Twitter foydalanuvchilari Maskga Radio Flyer Model X o‘yinchog‘i haqida savol berdi. To‘g‘ri javob berish o‘rniga,  Tesla rahbari mashinaning kichraytirilgan nusxasini yaratayotganini unga hatto katta odam ham sig‘ishini yozgan. Ko‘rinib turibdiki, bu hamkorlikda yaratilgan mahsulot emas, balki  Tesla’ning o‘z ishlanmasi bo‘ladi.

O‘QING:Mercedes-Benz eCitaro elektroavtobusi namoyish qilindi

Kompaniyaning sodiq fanatlariga Teslaning do‘koniga tez-tez kirib turish maslahat berilmoqda. Yaqinda mahsulotlar qatorida syorfing taxtasi paydo bo‘ldi. Uning narxi 1500 dollar turadi, shunday bo‘lsa-da, bir zumda sotilib ketdi. Ayrimlar hatto qo‘shimcha daromad qilaman deb, sotib olgan syorfbordini eBay’da sotuvga qo‘ygan. Albatta yangi narx bilan – 4000 dollar.

Amerikadagi Radio Flyer do‘konida bolalar o‘yinchog‘i Tesla Model 600 dollar turardi. Og‘irligi 37 kilogramm chiqadigan mashinaning o‘zi esa 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangandi. Tesla modeli esa qimmat bo‘lishi turgan gap.

O‘QING:T/Log: dunyodagi ilk yog‘och tashiydigan kabinasiz elektr yuk mashinasi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!