Ilon Mask o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratadi(mi?)

Ilon Mask o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratadi(mi?)

Bir necha kun oldin Tesla va yana boshqa bir nechta yirik kompaniyalar rahbari Ilon Mask o‘zining sahifasida "Twitter algoritmi ochiq manba bo‘lishi kerak(mi?)" nomli so‘rovnomani o‘tkazdi. Unda bir milliondan ko‘p odam qatnashdi va ularning 80 foizi "Ha" javobini tanlashgan edi.

Juma kuni esa milliarder so‘z erkinligi demokratiya uchun zarurligini aytib, o‘z obunachilaridan "Twitter ushbu tamoyilga qat’iy rioya qilishiga ishonasizmi?" deya so‘radi. Uning so‘rovnomasida qatnashgan 2 million odamning 70 foizi "yo‘q" javobini berishgan.

Natijalarga javoban Mask Twitter so‘z erkinligiga rioya qilmas ekan "Nima qilish kerak? Yangi platforma kerakmi?" degan savolni o‘rtaga tashladi. Unga javob izohi qoldirganlarning juda ko‘pchiligi dunyoning eng boy odamiga Twitter'ni sotib olishni va uni yaxshilashni taklif qilishgan.

Foydalanuvchilarning yana biri esa ochiq algortimli, so‘z erkinligiga amal qiladigan, propaganda juda kam bo‘ladigan ijtimoiy tarmoq kerakligini aytib, "Mars qiroli"dan uni yaratish haqida o‘ylashini so‘radi.

Ilon Mask esa "Men bu haqda jiddiy o‘ylayapman" deb javob bergan.

O‘QING: Durov shaxsan o‘zi Ilon Maskni Telegram'ga taklif qildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!