Ilon Mask Ukrainaga yordam qo‘lini uzatdi

Ilon Mask Ukrainaga yordam qo‘lini uzatdi

Rossiya bosqini Ukrainadagi internet aloqasiga yomon ta’sir ko‘rsatdi, xususan, NetBlocks internet blokirovkasi observatoriyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaning asosiy internet provayderi GigaTrans'ga ulanish juma kuni ertalab normal darajadan 20% dan pastga tushib ketgan.

Kecha, Ukraina bosh vazir o‘rinbosari Mixaylo Fedorov o‘z Twitter sahifasida mamlakatdagi rus bosqini sabab SpaceX, Starlink, Tesla va boshqa yirik kompaniyalar rahbari Ilon Maskga murojaat yo‘llagan edi: 

"Ilon Mask, siz Marsda hayot qurishga urinayotganingizda - Rossiya Ukrainani bosib olishga harakat qilmoqda! Sizning raketalaringiz koinotdan muvaffaqiyatli qo‘nayotganda - Rossiya raketalari Ukraina fuqarolariga hujum qilmoqda! Sizdan Ukrainani Starlink stansiyalari bilan ta’minlashingizni va aqli raso ruslarga murojaat qilishingizni so‘raymiz." 

Ilon Mask bu murojaatni e’tiborsiz qoldirmadi va Fedorovga javoban Starlink xizmati endi Ukraina uchun faollashtirilganligini va yana ko‘proq terminallar yuborilayotganligi haqida xabar berdi. 

SpaceX tomonidan ishlab chiqilgan Starlink global sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilarga Internetga kirishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan va u hozirgacha dunyoning 28 ta davlatida va endi Ukrainada ham mavjud. 

O‘QING: Rossiyada Facebook qisman bloklandi