Ilon Mask xursand: Starlink interneti endi o‘z kuchini ko‘rsatdi!

  •   DiMaX
  •  2238
  •  03.11.2020 17:44

Ilon Mask xursand: Starlink interneti endi o‘z kuchini ko‘rsatdi!

Yirik tadbirkor Ilon Maskning bitmas-tuganmas rejalari orasida amalga oshishga eng yaqini hozir aynan Starlink bo‘lib turibdi. SpaceX kompaniyasining ushbu loyihasi butun Yer yuzini tezkor internet bilan ta’minlashga mo‘ljallangan. Boshida uning internetini sinab ko‘rganlarning hafsalasi pir bo‘lgan edi, lekin so‘ngroq...

O‘QING: Starlink fazoviy internetining tezligi ancha oshdi

Starlink internet kompaniyasi taqdim etayotgan internetning tezligi beta-test jarayonlarida o‘zining raqobatchilaridan deyarli 4 marotaba yuqori ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu to‘g‘rida PCMag nashrining xabariga tayanib Kun.uz sayti yozmoqda.

Xabarga ko‘ra, Starlink internetining yuklab olish tezligi 80 Mbit/soniyagacha chiqqan, foydalanuvchilar tomonidan yuklash tezligi esa 13,8 Mbit/soniyani tashkil qilgan. Kompaniyaning asosiy raqobatchilari – Viasat va HugesNet taqdim qilayotgan internet tezligi esa yuklab olish uchun 25 Mbit/soniyani, yuklash uchun bor-yo‘g‘i 3 Mbit/soniyani tashkil qilgan.

Ma’lum qilinishicha, ilk test sinovlari boshlangan iyul oyidan beri tezlik 2,5 barobar oshgan.

Ilon Maskka tegishli Starlink kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh orqali taqdim qilayotgan internet xizmatlarini 27 oktyabrdan AQSh va Kanadada ochiq test qilish boshlandi. Xizmat uchun bir oylik abonent to‘lovi 99 AQSh dollarini tashkil qiladi. Starlink internet xizmatlaridan foydalanish uchun abonentlar, bundan tashqari, antenna bilan jihozlangan qurilma va Wi-Fi router sotib olishi kerak bo‘ladi. Bu texnikalarning umumiy qiymati AQShda 499 dollarga tushadi.

O‘QING: Internet tezligi bo‘yicha jahon rekordi yangilandi – soniyasiga 178 terabit!