Ilovalar bozori: bu yerda ham haqiqiy jang ketmoqda

  •   Saroy
  •  1907
  •  29.08.2018 17:00

Ilovalar bozori: bu yerda ham haqiqiy jang  ketmoqda

Ilovalarni ilgari surish ham ilovalar bozarining o‘ziga o‘xshab borgan sari murakkab va qiziqarli tus olmoqda. Bu yerda ham an’naviy bozorlardagi kabi  har bir mijoz, ya’ni foydalanuvchi uchun haqiqiy ma’noda kurash ketmoqda.

Mobil ilovalar bozori jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda.  2017 yilda uning hajmi 81 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilga kelib mobil ilovalar iste’molchilarining xarajati taxminan 156 milliard dollarga yetar ekan. Bu vaqtga kelib dunyoda  6 milliard donadan ziyod smartfon va planshetlar bo‘ladi. O‘shanda har bir qurilma egasi yiliga ilova o‘rnatish uchun o‘rtacha 25 dollar  ishlatadi. Shu bois foydalanuvchilar va ularning puli uchun mobil dasturchilari orasida haqiqiy ma’noda jang ketmoqda.

O‘QING:Microsoft qaror qiladi: Windows 8 uchun yangi ilova qabul qilinmaydi

2017 yil oxirida  iOS App Store’da  2 millionta dastur bor edi, yana 3,5 million Google Play’da. Shu bilan birga, mazkur kompaniyalar tomonidan oyiga tegishlicha yana  50 000 va  150 000 ta yangi ilova chiqarilgan.

Shunday raqobat sharoitida o‘zining ilovasini foydalanuvchiga yetkazish favqulodda qiyinlashib bormoqda. AppsFlyer kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin uch yil ichida mobil marketologlarning kompaniya ilovalarini bozorga olib chiqish uchun qiladigan sarf-xarajati ikki barobarga ortadi.

Hozirda dunyoda bitta ilovani o‘rnatish  o‘rtacha 2,26 dollar turadi. Narx mamlakatlar va ilovalarning toifasidan kelib chiqib bir-biridan katta farq qilishi mumkin: masalan, «Utiliti» toifasidagi dastur uchun o‘rnatish narxi  0,48,  «Puteshestviy»  dasturi uchun esa 4,5 dollar turadi.

Google olib borgan tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlarga ko‘ra, foydalanuvchilar yangi ilovalar haqida aksariyat hollarda do‘stlaridan yoki qarindoshlaridan, keyin esa ilovalar do‘konini qarash orqali bilib oladi.

Ulardan keyin qurilmalarga yangi ilova o‘rnatish oldidan boshqa ilovalar ichidagi reklamalardan (fichering — to‘plami, masalan, «Prilojeniya dnya», «Novinki» va boshqalar) biladi. Qolaversa, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, veb-reklamalar, TV-reklamalar, qidiruv tarmoqlari va YouTube’dagi reklamalar ham yangi ilovalar haqida xabar beradi.

Ushbu yo‘nalishlarning har birini optimizatsiyalash mumkin, albatta anchagina mablag‘ sarflash evaziga, lekin barchasi ham birdek samara bermaydi.

O‘QING:Aldanganlar anchagina: firibgarlar Google Play’da Ethereum tokenini 388 dollardan taklif etmoqda

 Endi ilovalar bozorining asosiy o‘yinchilari haqida

  1. Ijtimoiy tarmoqlar. Facebook, Instagram, Pinterest, Snapchat, Twitter, VKontakte va boshqalar. Barchasi ilovalarni ilgari surish uchun o‘zlarining maydonchalarini taklif etadi. Hozirda Facebook o‘zining egallab olgan hududi bilan eng ko‘p ilovalar uchun asosiy trafik manbai hisoblanadi. Darvoqe, ushbu platformada ilovalarni ilgari surish boshqa joylarga qaraganda qimmat ham, —  Facebook’da 1000 marta ko‘rsatish uchun 5,12 dollar, 4,20 dollar  Instagram’da va  Snapchat’da 2,95 dollar. Shu sababli, boshqa, yana ham arzon ijtimoiy tarmoqlarda ham reklamalar faol rivojlanmoqda.
  2. Qidiruv. Bu yerda albatta, Google hukmronlik qilmoqda. Ular marketologlarga «universalli» kampaniya taklif etadi. Unda global qidiruvni, yangiliklar lentasi, YouTube, Google Play’ning o‘zidagi reklama va boshqa qolgan resurslari qo‘llaniladi. Qidiruv reklamasi App Store’da ham bor, ammo hozircha beta-versiyada va hamma mamlakatda ham emas.
  3. Boshqa ilovalarda reklamalar. Bozorda bir necha o‘nlab mobil reklamalar tarmog‘i faoliyat yuritmoqda. Ular ilovalarda reklama joylashtirishni boshqaradi. Reklmalarni dasturli joylashtirish rivojlangan sari, e’lonlarni joylashtirning qo‘lda boshqarilishi ikkinchi darajaga tushib qoldi. Sahnaga maydonlar va formatlar tahlili chiqdi. Ular fayda bilan ishlayotgan foydalanuvchilarni yanada ko‘proq jalb qilishni ta’minlashning barcha jihatlarini o‘z ichiga oladi.
  4. Influence-marketing. Ta’sir etish marketingi, ya’ni ta’sir doirasi keng shaxslar, blogerlar, millionlab auditoriyasi bor yulduzlarning reklamalarini joylashtirish bilan shug‘ullanadigan kanal. Aytishlariga qaraganda, bunday kanallarni zo‘r istiqbol kutmoqda.
  5. Raqamsiz kanallar. eMarketer tadqiqotlariga ko‘ra, reklama bilan 70 foiz raqamli makon shug‘ullanadi,  offlayn media esa ilovalarni ilgari surish kanallari ro‘yxatida oxirgi o‘rinni egallaydi. Shunga qaramay, masalan, Super Bowl-2018’da mobil o‘yinlarning bir yo‘la bir nechta reklama roliklari ketgan edi. Supercell o‘yini esa Yaponiyada metro poyezdlarida reklama qilinmoqda.

Ilovalarni ilgari surish bozori ilovalar bozarining o‘zi kabi borgan sari murakkab va qiziqarli bo‘lib bormoqda. Bozorga kiritish vositalari, kompaniyalar, kanallar, formatlar uzluksiz ko‘paymoqda. Dasturiy mahsulotning o‘zini yaratish hozir hech kimga birinchi darajali vazifa bo‘lmay qo‘ydi.  Hozirda eng muhimi o‘z foydalanuvchisini topish, ya’ni o‘z mijoziga ega bo‘lish,  ularni qayta-qayta taklif qilgan mahsulotga murojaat qildirish asosiy  muammoga aylangan.

O‘QING:HMD Global Nokia smartfonlaridagi kameralarning standart ilovalarini yangiladi

Shu bois kelgusida bozorda nima ro‘y berayotganini tushinadigan ekspert tahlilchilar yanada yaxshi baholanadi. Kompaniyalar bu muammoni qanday uddalashayapti?  Yirik kompaniyalar allaqachon o‘zlarining tahlilchilar-marketolog jamosiga ega va ularning asosiy vazifasi yangi foydalanuvchilarni jalb qilishdan iborat. Ular masalan, yugurish va jismoniy mashq qilish uchun yaratilgan ilovalarda (Runtastic) da mavjud. Qariyb barcha o‘yin nashriyotlarida ham  (Activision i King, Wooga), mediya kompaniyasi  (Netflix) da ham bor. Ammo bunday jamoalarni yig‘ish va rivojlantirish favqulodda qiyin va uzoqqa cho‘ziladigan masala. Shu bois, bozorda portlash bo‘lishi kutilayotgan bir paytda UA (User Acquisition — foydalanuvchilarni orttirish) bo‘yicha mutaxassislarning  katta tanqisligi kelib chiqmoqda.

Bundan 10 yil oldin App Store’da atigi  500 ta ilova ishga tushirilgan edi. Bugungi kunga kelib ularning soni bir necha millionga yetdi. Ilovalar bozori rivojlanishda davom etmoqda va yana 3-4 yil o‘sishda davom etadi.

Ilovalarni ilgari suradigan va foydalanuvchilar sanini orttiradigan ayrim alohida kompaniyalar ham bor.  Ularning xizmati nafaqat auditoriyaning kengayishini ta’minlaydi, balki oxir oqibatda, mahsulotning o‘zini ham  rivojlantirishga va yaxshilashga yordam beradi. Chetdan yollangan ekspertiza ushbu jarayonni bir necha marta jadallashtirish imkonini beradi. Ayrim ekspertlar esa mobil ilovani yaratishdan avval, ushbu mahsulotni bozorga qanday kiritish haqida o‘ylash lozimligini o‘qtirishmoqda.

Xullas, Ilovalar bozorining darvozasi lang ochiq, amma bu yerda ishtirokchilarni an’anaviy bozorlardagi kabi katta kurashlar, yuksalishlar, inqirozu-yo‘qotishlar kutib turibdi. Demak kim shunga ruhan tayyor bo‘lsa...

O‘QING:Istalgan smartfonda Android 9.0 Pie’ni hoziroq sinab ko‘rishingiz mumkin!