IMEI-kodlar masalasi «GSMA Mobile 360 – Evroosiyo» tadbirida ham muhokama etildi

  •   DiMaX
  •  981
  •  15.10.2019 16:26

IMEI-kodlar masalasi «GSMA Mobile 360 – Evroosiyo» tadbirida ham muhokama etildi

Joriy yilning 8-9 oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasida bo‘lib o‘tgan «GSMA Mobile 360 – Evroosiyo» tadbiri doirasida MDH davlatlari hukumatlari va mobil operatorlari vakillari uchun mobil qurilmalarni IMEI-kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olish mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘QING: Davlat inspeksiyasi Beeline’ning aloqa sifatini o‘rganmoqda, lekin bu hali boshlanishi...

 «GSMA Mobile 360 – Evroosiyo» – davlat va xususiy sektor rahbarlarini dunyodagi eng yangi innovatsiyalarni va texnologiyalarni, shu bilan birga raqamli iqtisodiyoti, AKT va mobil telekommunikatsiyani rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni muhokama qilish uchun har yili o‘tkaziladigan tadbir.

Bu yili tashkilotchilar tomonidan «O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi» davlat unitar korxonasi direktor vazifasini bajaruvchi Bobur Tillabayev va «UZIMEI» loyihasini mutaxassislari  ishtirok etdi.

O‘QING: Mobil operatorlar bizdan nimani yashirmoqda?

Davra suhbati davomida ishtirokchilar o‘g‘rilik, firibgarlik va soxta qurilmalarning noqonuniy ishlab chiqarilishi davlat tashkilotlari, uyali aloqa operatorlari, mobil qurilma ishlab chiqaruvchilari va foydalanuvchilar faoliyatiga ko‘rsatadigan ta’siri bilan bog‘liq asosiy muammolarni muhokama qildilar. Tadbirda GSMA xalqaro assotsiatsiyasi vakillari va sohaning boshqa ekspertlari «qora ro‘yxat» va IMEI-kodlarni bloklash va milliy reyestrlarning roli haqida o‘z fikrlari va ilg‘or jahon tajribasini o‘zaro o‘rtoqlashadilar.

Eslatib o‘tamiz, UZIMEI loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan kontrafakt qurilmalarni olib kirish, telefonlarni o‘g‘irlash va noqonuniy foydalanish darajasini pasaytirish bilan bog‘liq bir qator muammolarni bartaraf etish maqsadida joriy etilgan edi.

Shu bilan birga, ushbu loyha xaridorlariga mobil qurilmalarning IMEI-kodlarining holatini  tekshirish orqali sifatli qurilmalar harid qilishlarini, kelgusida  mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchilar tamonidan sifatli xizmat olishni imkoniyatini yaratadi.  Ya’ni, UZIMEI loyihasi respublika bozoriga xalqaro brendlarning rasmiy kirishini ta’minlaydi.

O‘QING: 1 noyabrgacha smartfon olishga ulguring, keyin IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish pulli bo‘lib, narxlar ham oshadi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.