IMO: Yangi messenjerning afzallik va kamchiliklari

IMO: Yangi messenjerning afzallik va kamchiliklari

Imo – hozirda matnli, ovozli va video xabarlar uchun eng keng tarqalgan dasturlardan biri. Aksariyat internet foydalanuvchilarining fikricha, mazkur bepul muloqot xizmati ommabop Skayp dasturidan ham qulayroqdir.

Imo`ning  abonentlari bazasi bir necha yuz million faol foydalanuvchini tashkil etadi.

Imo`dan mobil gadjetlar va kompyuterlar orqali ham foydalanish mumkin. Bir foydalanuvchi bir necha gadjetda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Kontaktlar esa shaxsiy kabinetga kirgan zahotiyoq avtomatik ravishda ko‘rinib turadi.

Qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin?

Imo`da ro‘yxatdan o‘tish juda oson. Shunchaki, dasturni yuklab olish va uning menyusiga kirish kerak. Shundan so‘ng tizimning o‘zi yangi foydalanuvchini dasturda ro‘y berayotgan o‘zgarishlardan boxabar qilib turadi.

Imo`dan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar:

Agar sizning qurilmangiz Android platformasida ishlasa, Google Play`ga kiring va u yerdan Imo dasturini toping. Shundan so‘ng “O‘rnatish” tugmasini bosing va dasutrga qurilma xotirasidagi ma’lumotlardan foydalanishini tasdiqlang.

O‘z telefon raqamingizni ko‘rsating. Keyinchalik u sizning akkauntingizga ulanadi va muloqotni aynan shu raqamingiz orqali amalga oshirasiz.

Ye-mail manzilingizni ko‘rsating.

maxsus tasdiq kodini oling.

Foydalanuvchi menyusiga kiring va bepul muloqotga kirishing.

Afzalliklari:

•  Matnli xabarlar tez yetib keladiva jo‘natiladi;
•  Mantiqan to‘g‘ri va qulay tarzda ishlangan interfeys, foydalanuvchini murakkab asosiy va qo‘shimcha mneyular bilan qiynamaydi, bu esa yangi foydalanuvchilarga adashib qolmaslik imkonini beradi;
•  Odatiy ovozli va video xabarlarni birgina qo‘l harakati yordamida amalga oshirish imkoni. Bunda aksariyat foydalanuvchilar videoaloqaning WhatsApp messenjeriga nisbatan ancha sifatli ekanligini ta’kidlamoqda.
•  Imo Android va iOS tizimda ishlovchi gadjetlarda birdek qulay. Afsuski, dasturning  Windows uchun to‘liq talqini hali yaratilmagan.
•  Ko‘p miqdordagi bepul stikerlar taklif etiladi;
•  Maxsus paket protokoli joriy qilinganligi hisobiga Imo yordamida turli formatdagi yirik hajmdagi fayllarni yuborish imkoni mavjud.
• Kontakt-varaqdan bir necha foydalanuvchiga bir vaqtning o‘zida bir xil xabar yuborish imkoni bor;
•  Tanishlaringizga jo‘natilayotgan xabarlar telefon xotirasida emas, muloqot xizmatining markaziy serverida saqlanadi. Bu esa turli gadjetlarda orqali xizmat turidan foydalanganda eski xabarlarni tezda topish imkonini beradi. Shuningdek, mazkur afzallik yozishmalar xavfsizligini ham ta’minlaydi;
•  Muloqot mobaynida zudlik bilan foto va video tasvir yaratish va uni shu vaqtning o‘zidayoq tarmoqqa joylash mumkin;
•  Imo internet-trafikni sezilarli darajada tejaydi. Bu esa megabayt sotib oluvchi foydalanuvchilarga manzur bo‘lmoqda.
•  Uncha kuchli bo‘lmagan mobil qurilmalarda ham ishlayveradi;
•  Dastur mutlaqo tekin ekanligi va unda birorta ham reklama yo‘qligini ham e’tirof etish zarur.

Kamchiliklari
Dasturning barcha afzalliklaridan tanishlaringiz ham mazkur dasutrga ulangan taqdirdagina foydalanish mumkin. Biror tanishingiz mazkur tizimda ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘tmaganligini bilish juda oddiy. Buning uchun suhbatdoshingizning telefon raqamini terib, qidiruv tugmsini bossangiz, bo‘ldi. Shuning uchun mazkur tarmoqqa qancha tanishlaringiz ulanganini tekshirib olish zarar qilmaydi.

Foydali tavsiya 
Xorij safarlarida internet uchun sarflanadigan pulni tejaymiz

Xorijiy davlatldarga borganimizda internetdan foydalanish uchun biz odatda mahalliy Sim-kartalardan xarid qilamiz. Traffik paketi qanchadir miqdordagi gigabaytlar bilan cheklanadi. Biror bir saytdan foydalanayotganda ortiqcha megabayt ketib qolmasligi uchun quyidagi tavsiyaga rioya qiling. Android tizimida ishlovchi gadjetlar menyusida «Ma’lumotlar uzatish» bo‘limi bor. Undan “Mobil internetdan foydalanish cheklash” punktini toping va belgilang. Ana endi, ortiqcha megabayt ishlatishdan qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi. Modem kerakli limitga yetganidan so‘ng ortiqcha ma’lumot uzatmaydi.

Manba: Darakchi.uz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!