Innovatsion rivojlanish vazirligi va NASA o‘rtasida hamkorlik

  •   DiMaX
  •  491
  •  10.07.2019 08:01

Innovatsion rivojlanish vazirligi va NASA o‘rtasida hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida AQShning aeronavtika va koinotni tadqiq qilish milliy boshqarmasi – NASA ilmiy xodimi Kamilla Elleyn bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib «Daryo» nashri yozmoqda.

O‘QING: Boing NASA uchun raketa ishlab chiqarish loyihasini barbod qildi

Uchrashuv chog‘ida ilm-fan, xususan, xotin-qizlarni STEM yo‘nalishida ta’limga qiziqtirish masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston bu borada AQSh bilan ikki tomonlama hamkorlik qilishga tayyor ekanligi bildirib o‘tildi.

Mazkur uchrashuv doirasida Ilg‘or texnologiyalar markazida «Yuqoriga, yanayam yuqoriga: NASAning kelajakka sayohati» hujjatli filmi namoyish etildi. Kamilla Elleyn ishtirokida NASA nufuzi va ahamiyati muhokama qilindi.

Tadbirda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari ishtirok etdi. Mehmonlarni Innovatsion rivojlanish vazirining yuqori martabali maslahatchisi Karsten Xayns qabul qildi.

O‘QING: KUTILMAGAN VIDEO: Antarktidada yana NUJ – boshqa sayyoraliklar fazo kemasi topildi!