Instagram akkauntini o‘g‘irlash yuzasidan ilk bor jinoyat ishi ochildi

  •   DiMaX
  •  1099
  •  17.11.2017 10:16

Instagram akkauntini o‘g‘irlash yuzasidan ilk bor jinoyat ishi ochildi

Biror buyumini o‘g‘irlatib qo‘ygan kishi huquq-tartibot idoralariga murojaat etishi, bu masala yuzasidan jinoiy ish ochilib, o‘g‘rini aniqlab, unga nisbatan jazo qo‘llanishi barcha davlatlarda bor. Ammo rossiyalik Angelina Burova politsiyaga boshqacharoq da’vo bilan murojaat etgan – uning Instagram akkauntini o‘g‘irlashibdi! Bu xususda Hi-Tech Mail.Ru xabar bergan.

O‘QING: Gey-targ‘iboti, ruhiy xurujlar avj olayotgani bois Instagram’ni taqiqlash taklif qilindi

A.Burova Instagram’ning faol foydalanuvchisi bo‘lib, uning akkauntiga qariyb 90 ming kishi obuna bo‘lgan. G‘araz niyatli kishilar qandaydir yo‘l bilan uning sahifasini qo‘lga kiritishgan, keyin esa, uni qaytarib berish evaziga pul talab qilishgan.

Shunda Angelina politsiyaga murojaat etib, ariza yozgan. Bu masala yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ammo o‘g‘rilarni topa olishmagan.

To‘g‘ri, keyinchalik Instagram mazkur akkauntini Angelina Burovaga qaytarib bergan. Biroq bu jinoiy ish ochilganligi bilan bog‘liq emas, deyiladi xabarda.

O‘QING: Twitter va Facebook’dagi akkauntlarni himoya qilish

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!