Instagram sizni kuzatishini bilasizmi? Uning ta’qibidan qutulish yo‘lini-chi?

  •   DiMaX
  •  1977
  •  22.01.2018 17:57

Instagram sizni kuzatishini bilasizmi? Uning ta’qibidan qutulish yo‘lini-chi?

WhatsApp va Facebook Messenger ilovalari singari, Instagram’ning Direct bo‘limi ham sizning do‘stlaringiz hamda obunachilaringizga sizning so‘nggi faol bo‘lgan vaqtingiz haqida ma’lumot beradi. Biroq ushbu dasturning yaqinda yangilangan talqinida bitta funksiya qo‘shilgan bo‘lib, u sizga ushbu ta’qibdan qutulish imkonini beradi.

O‘QING: Facebook kuzatuvini cheklaymiz

Instagram’da foydalanuvchining nomi ostidagi Direct bo‘limiga kirsangiz, u oxirgi marta qachon ilovadan foydalangani haqidagi ma’lumotni ko‘rishingiz mumkin. Xuddi shuningdek, sizning Instagram’dagi so‘nggi harakatingiz vaqti ham boshqalarga ko‘rinadi. Quyida shuni o‘chirib qo‘yish yo‘lini ko‘rib chiqamiz.

Buning uchun ekranning pastidagi o‘z profilingizdagi asosiy suratingiz («avatarka») belgichasiga bosasiz. Keyin yuqoriga ko‘tarilib, sozlamalarni anglatuvchi shesternyacha belgichasini bosasiz. So‘ng esa pastga varaqlab, Show Activity Status bandini topib, uni o‘chirib, ya’ni «VIKL» holatiga keltirib qo‘yasiz. Ushbu funksiya nomi hozircha inglizchada bo‘lsa-da, ma’nosini anglagan bo‘lsangiz kerak: «Faollik holatini ko‘rsatish».

Shunday osongina yo‘l bilan siz o‘zingizning Instagram’dagi faollik vaqtingizni yashirishingiz mumkin. Aslini olganda, bu ma’lumot o‘zingizdan boshqa kimga ham kerak, to‘g‘rimi?

Darvoqe, saytimizning Instagram’dagi profiliga obuna bo‘lib ulgurmagan bo‘lsangiz, mana bu havola orqali buni hoziroq amalga oshirishingiz mumkin.

O‘QING: Smartfoningiz ta’qibidan qutulishni bilasizmi?