Instagram va Telegram’dagi tadbirkorlar DSQda ro‘yxatdan o‘tishlari shart!

  •   DiMaX
  •  560
  •  25.02.2021 13:03

Instagram va Telegram’dagi tadbirkorlar DSQda ro‘yxatdan o‘tishlari shart!

Davlat soliq qo‘mitasi «Elektron tijoratni boshqarishni takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish to‘g‘risida»gi Prezident farmoni loyihasini e’lon qildi. Bu haqda UZZOOM nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Toshkentlik tadbirkor ilovasi AQShda eng serdaromadlar TOP-o‘ntaligiga kirdi

Farmonga muvofiq joriy yilning 1 aprelidan boshlab Internet tarmog‘ida savdo-sotiq bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar soliq organlarini o‘z faoliyati to‘g‘risida xabardor qilishlari, shuningdek maxsus raqamli kod olib, uni savdo maydonchariga joylashtirishlari shart.

Kodni olgan tadbirkorlar virtual kassa apparatlaridan foydalanishlari, tovarlarni qabul qilish uchun elektron shartnomalar, hisob-fakturalar va ishonchnomalarni tuzishlari, shuningdek yuklarni kuzatish platformasi orqali o‘z posilkalarini kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Telegram-kanalingiz bormi? Faoliyatingizni endi qonuniylashtirish mumkin!