Interfaks: O‘zbekistonliklar o‘zlarining kosmik dasturini ishlab chiqqanliklarini ma’lum qildi

Interfaks: O‘zbekistonliklar o‘zlarining kosmik dasturini ishlab chiqqanliklarini ma’lum qildi

O‘zbekiston o‘z kosmik dasturini ishlab chiqqanligi va bu sohada xalqaro hamkorlikni faol rivojlantiryotganini O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov "Interfaks" nashriga ma’lum qilgan.

Botirjon Asadov kosmik dastur mavjud ekanligini, hukumatimiz juda ham tizimli yondashganligini, xalqaro tajribani o‘rganganligini, shuningdek, hozir kosmik dasturga oid xalqaro hamkorlik aloqalarini olib boryotganini, shu jumladan, Rossiya Federatsiyasi bilan ham hamkorlik qilinyotganini ta’kidlab o‘tgan.

Botirjon Asadovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Yevropa davlatlari bilan ham hamkorlikni rivojlantirmoqda, birgalikda ilmiy-tadqiqot markazlarini tashkil etmoqda.

O‘QING: Qozog‘iston sun’iy yo‘ldoshini uchirish uchun Space Xʼni tanladi

Shu yilning aprelida «Roskosmos» O‘zbekistonga birinchi o‘zbek sun’iy yo‘ldoshlarini ishlab chiqarish va ularni yig‘ishni qisman mahalliylashtirishni moliyalashtirish taklifi bilan chiqqan edi. Korporatsiyaning Markaziy Osiyodagi vakili Anatoliy Krasnikovning aytishicha, Rossiya tomoni kosmik aloqa va yerni masofadan turib kuzatish tizimi, sun’iy yo‘ldosh texnikasini hamkorlikda ishlab chiqarish, yuqori malakali kadrlarni o‘qitish kabi keng qamrovli masalalarda hamkorlikni taklif etishi mumkin.

Krasnikovning so‘zlariga ko‘ra, korporatsiya uzoqdan Yerning O‘zbekiston tomonidan zondlash tizimlarini yaratish bo‘yicha hamkorlikni, shuningdek, Jizzax viloyatidagi Suff radio-astronomik observatoriyasi qurilishini jadallashtirishni taklif qilmoqda.

O‘QING: O‘zbekiston aloqa uchun Qozog‘iston sun’iy yo‘ldoshidan foydalanadi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!