Internet 100 barobar tez ishlaydigan bo‘ladi

  •   Saroy
  •  3051
  •  26.10.2018 15:48

Internet  100 barobar tez ishlaydigan bo‘ladi

Avstraliyalik olimlar ma’lumotlarni optiktoladan uzatishning yangi usulini o‘ylab topishdi. Bir-birining o‘rnini bosadigan komplektatsiya tizimi osongina ekspluatatsiya qilinishi mumkin va ma’lumotlarni haddan ziyod tezlashtirib yuboradi. Tadqiqot natijalari  Nature Communications jurnalida e’lon qilindi.

Hozirda ma’lumotlarni uzatish uchun optik tola tizimi ishlatiladi. Kabelning bir uchida ma’lumotni yorug‘lik chaqnashi ko‘rinishida kodlab turadigan qurilma turadi, ikkinchi uchida ushbu chaqnoqni kodsizlantirib xabarni qabul qiladigan qurilma turadi. Kabelning o‘zi juda ingichka, qalinligi inson sochlaridek keladigan  trubkalardan iborat bo‘ladi. Ma’lumotlarni uzatish sig‘imi cheklangan. Chunki u faqat ko‘rinib turadigan spektrdan foydalanadi va shu sababli u trubka bo‘ylab devardan aks etib tartib bilan o‘tadi. Qo‘pol qilib aytganda, ma’lumotlar ikki o‘lchamli makondan o‘tgandek tuyuladi.

Melburndagi  RMIT universitet professori Min Gu jamoasi  hozirda mana shunday optik tolali tizim ustida ish olib bormoqda. U inson ko‘zi ilg‘ay olmaydigan yorug‘likning boshqa spektrini ishlata oladi. Eng asosiysi, ushbu yorug‘lik spiralda buralgan.

O‘QING: Anti-bulut lazeri kvant internetini yaratishda yordam beradi

Yorug‘lik to‘lqinlari o‘zgaruvchanligidan hamda yorug‘likning ko‘rinmas spektridan foydalanib, yangi texnologiya kabelning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini yana bir barobarga oshiradi. Yorug‘lik to‘lqinlari spiralga buralganligiga sabab orbital burchakli lahzalar darajasini oshirishdan iborat. Bu ma’lumot o‘tishi uchun uchinchi o‘lchamni yaratadi. Professor buni DNK spirali bilan tenglashtirmoqda. Spiral qanchalik kuchli buralgan bo‘lsa, ma’lumot shuncha tez o‘zatiladi.

Eng asosiy muammo uzatmalarni qabul qilayotgan qurilmada edi. Avvalgisi tushlik qiladigan stol o‘lchamiday kelardi.  Olimlar jamoasi uni ilk bor kichraytirishga muvaffaq bo‘lishdi. Natijada u optik tolali kabel trubkasidan bo‘ldi. «Bizning nanoelektronli detektorimiz orbital burchakli lahzada xuddi ko‘zga o‘xshaydi, u elektronli uskunalar uchun buralgan yorug‘lik orqali o‘tkazayotgan va kodsizlantirilayotgan ma’lumotlarni  ko‘rib turadi», — deydi professor Gu.

Yangi texnologiyani hozirda mavjud telekommunikaya tarmoqlarida bemalol ishlatish mumkin. Ayni paytda ma’lumotlarni uzatishni tezlashtirish usuli juda qimmatlashib ketdi. Spiral uslubi esa ushbu muammoni arzon va oson hal etadi, deydi tadqiqot guruhi a’zolari.

O‘QING: Yangi avlod simsiz interneti qaysi nom bilan ataladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!