Internet-kanallar narxlari bir oyda ikkinchi marta pasaytirilmoqda – endi internet arzonlashadimi?

  •   DiMaX
  •  4158
  •  10.08.2018 15:39

Internet-kanallar narxlari bir oyda ikkinchi marta pasaytirilmoqda – endi internet arzonlashadimi?

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi bosh direktori v.v.b. Shuhrat Kadirov mobil va mahalliy tarmoq aloqa operatorlari va provayderlari uchun internet-kanallar tariflarini pasaytirish to‘g‘risida qarorni imzoladi. Bu haqda kompaniya telegra.ph platformasi orqali xabar berayotir.

O‘QING: O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha pozitsiyasini yaxshilab oldi

Joriy yilning 9 avgust kuni imzolangan ushbu qarorga ko‘ra, mobil va mahalliy tarmoq aloqa operatorlari va provayderlariga cheklanmagan hajmdagi trafikning 1 Mbit/s uchun UZTELECOM internet-kanallari tariflari 176 682 so‘mdan 169 065 so‘mgacha pasaytirilmoqda.

Xabarda ta’kidlanishicha, kompaniya bir oyda ikkinchi marta Xalqaro paketli kommutatsiya markaziga ulangan operatorlar va provayderlar uchun tariflarni pasaytirmoqda. Bundan avval tariflarning pasayishi 19 iyul kuni e’lon qilingan. Unga ko‘ra tariflarning narxi 1 Mbit/s uchun 244 958 so‘mdan 176 682 so‘mgacha pasaytirilgan edi. Shunday qilib, narxlarning umumiy arzonlashuvi 31% ni tashkil etdi.

Ko‘pchilikda tug‘iluvchi muhim savollardan biri: «Internet oxirgi iste’molchi uchun uchun arzonroq bo‘ladimi?» Bahs va munozaralarning oldini olib shuni aytib o‘tish kerakki, iste’molchilar uchun Internetning yakuniy narxiga ta’sir qiluvchi qator omillar mavjud. Har bir provayder hamda uyali aloqa operatori o‘z mijozlariga taqdim etuvchi xizmatlarining narxlarini mustaqil ravishda belgilaydi.

O‘QING: Mobil operatorlar bizdan nimani yashirmoqda?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.