Internet qayerda eng arzonu qayerda eng qimmat?

  •   DiMaX
  •  3251
  •  30.05.2019 17:11

Internet qayerda eng arzonu qayerda eng qimmat?

Deutsche Bank har yili turli mamlakatlarda eng ommabop tovarlar va xizmatlar narxlarini o‘rganib chiqadi. Kuni kecha mazkur tashkilot uy interneti narxlari bo‘yicha tadqiqoti natijalarini e’lon qildi.

O‘QING: Speedtest statistikasi: qayerda mobil internet eng tezkor?

Aniqlanishicha, tekshirilgan mamlakatlar orasida eng arzon internet Rossiyada ekan – abonent to‘lovi o‘rtacha 7 AQSh dollari. Mazkur mamlakat internet arzonligi bo‘yicha 2014 yildan beri yetakchi ekanligi ham ta’kidlangan. Undan keyingi o‘rinlarni Turkiya (oyiga 9 dollar), Hindiston (oyiga 11 dollar), Misr va Polsha (oyiga 12 dollar) band etishgan.

Xabarga ko‘ra, eng qimmat internet Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib, o‘ziyam juda katta miqdorda farqlanar ekan. Ushbu mamlakatda bir oylik internet o‘rtacha 82 dollar bo‘lsa, keyingi o‘rindagi Irlandiya hamda AQShda o‘rtacha 52 dollar to‘lash kerak. Yangi Zelandiya va Saudiya Arabistonida ham internet qimmat – oyiga 46 dollar.

Deutsche Bank mutaxassislari turli mamlakatlarda internetning o‘rtacha narxlarini hisoblashda qanday metodologiya qo‘llanishini ma’lum qilishmagan. Biroq mana shunday reytingni ular o‘n yildan buyon har yili e’lon qilib kelishadi.

Siz uchun yana Interneti «erkin bo‘lmagan» mamlakatlar hamda Mobil internet tezligi WI-FI dan yuqori bo‘lgan 33 ta mamlakat haqidagi ma’lumotlarimiz ham qiziq bo‘lishi mumkin.

O‘QING: «O‘zbektelekom»: internet tezligi oshirilib, narxlar pasaytirilmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.