Internetda Galaxy S23 uchun himoya keyslari paydo bo'ldi

Internetda Galaxy S23 uchun himoya keyslari paydo bo'ldi

Galaxy S23 haqida kundan-kunga yangi ma'lumotlar tarqatilmoqda. Biz o'tgan haftada Samsung'ning yangi avlod smartfonlarining tashqi ko'rinishi bilan sifatli renderlarda tanishgan edik. Endilikda taniqli insayder, Ice Universe, o'zining Twitter sahifasida yangi Galaxy'larning boshlang'ich modeli uchun himoya keyslari suratlarini ulashdi.

Aytish mumkinki, tasvirlar bundan avvalgi renderlarda ko'rsatilgan dizayn o'zgarishini tasdiqlaydi: Galaxy S23 orqa kameralari ularni o'rab turadigan orolga ega emas, kameralar xuddi Galaxy S22 Ultra va Galaxy A32'da bo'lgani kabi telefondan bo'rtib chiqib turadi. Biroq, kameralar o'rni o'zgarmagan. Ular oldingidek, smartfon orqa tomonining chap yuqori burchagiga vertikal ravishda bir qator qilib joylashtirilgan.

Bundan avval Galaxy S23 (SM-S9110) smartfoni Galaxy S22'dan biroz kattaroq, 146.3x70.8x7.6 mm o'lchamda, 6.1 dyuymli ekran bilan chiqarilishi ma'lum qilingan edi. Qo'shimchasiga, smartfon old tomonining yuqori markazidagi yumaloq tirqishiga 12MP ekanligini aytilayotgan selfi kamera o'rnatilgan. Qurilma yaqinda qabul 3C sertifikati uning 25 Vt tezlikda zaryadlanishini ham oshkor qilgan. Mish-mishlarga ko'ra, yangi Galaxy S smartfoni Snapdragon 8 Gen 2 chipseti bilan One UI 5 o'rnatilgan holda taqdim qilinadi.

O'QING: Eski Samsung smartfonlari batareyasida jiddiy muammo kuzatilmoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!