Internetdan faol foydalanasizmi? «GAP yo‘q» tarif rejasi!

  •   DiMaX
  •  45640
  •  22.06.2020 14:00

Internetdan faol foydalanasizmi? «GAP yo‘q» tarif rejasi!

Kuni kecha Mobiuz (sobiq Universal Mobile SystemsUMS) uyali aloqa operatori yana internet-to‘plamlarga chegirmalar e’lon qilgan edi. Endi esa u internetdan faol foydalanuvchi abonentlar uchun «GAP yo‘q» tarif rejasini taqdim etdi.

O‘QING: UzMobile va mobiuz'ning 20 mingdan 70 minggacha bo‘lgan tarif rejalari bilan tanishing

«GAP yo‘q» tarif rejasida oylik abonent to‘lovi 35 000 so‘m bo‘lib, shuning evaziga 8000 megabayt hajmida trafik beriladi. Kompaniya xabariga ko‘ra, ushbu tarif rejasida abonent to‘lovini har kunlik yechib olishga o‘tish imkoniyati mavjud!

Yangi tarif rejasida Mobiuz va O‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga, shuningdek, shahar raqamlariga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning 1 daqiqasi 12 so‘mdan, SMS-xabarlar ham har biri 12 so‘mdan narxlanadi.

«GAP yo‘q» tarif rejasining shartlari bilan batafsil tanishish uchun ushbu havola orqali operatorning saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Uyali aloqa operatorlari yana Telegram uchun cheksiz trafik bera boshlashdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.