Internetdan faol foydalanuvchilar uchun yangi tarif!

  •   DiMaX
  •  3465
  •  22.08.2020 07:57

Internetdan faol foydalanuvchilar uchun yangi tarif!

Mobiuz aloqa operatori yaqinda 25 foiz megabayt qo‘shib beriladigan aksiya muddatini 6 sentyabrgacha uzaytirgan edi. Mazkur kompaniya endi internetdan faol foydalanuvchilar uchun yangi tarif rejasini taqdim etdi.

O‘QING: 💥SIZ KUTGAN MA’LUMOT! Qaysi operatorning abonentlari eng ko‘p? (+infografik video)

Mazkur tarif rejasi «GAP yo‘q Pro» deb nomlangan bo‘lib, unda oyiga 17 000 megabaytlik internet-trafik limiti beriladi. Bundan tashqari, har kuni soat 00.00 dan to 08.00 gacha bo‘lgan vaqt uchun alohida – oyiga 8 000 megabaytlik tungi internet ham mavjud.

Yangi tarif rejasida O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning bir daqiqasi narxi 12 so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, barcha uyali aloqa operatorlari abonentlariga chiquvchi SMS-xabarlar uchun ham 12 so‘mlik narx belgilangan.

«GAP yo‘q Pro» tarif rejasida oylik abonent to‘lovi 75 000 so‘mni tashkil etadi. Unda abonent to‘lovini kunlik yechib olishga o‘tish imkoni ham mavjud.

Ushbu tarif rejasining shartlari bilan batafsil tanishish uchun ushbu havola orqali operator saytidagi tegishli sahifaga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Mobil operatorlar bizdan nimani yashirmoqda?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!