iOS 11’dagi yashirin sozlama orqali Safari’ni tezlashtiramiz

  •   DiMaX
  •  1141
  •  06.01.2018 12:20

iOS 11’dagi yashirin sozlama orqali Safari’ni tezlashtiramiz

Apple muhandislari iOS operatsion tizimining har bir yangi talqinida Safari dasturini yaxshilab borishga alohida e’tibor qaratishadi. Brauzer muntazam tarzda takomillashtirilib, ishlash samaradorligi oshirib boriladi. iOS 11 talqinida ham Safari ilovasiga ko‘plab texnik yangilashlar va tajribaviy funksiyalar qo‘shilgan.

O‘QING: Mutaxassislar eng xavfsiz brauzerni aniqlashdi

iOS 11’da Safari’ni tezlashtirish

Yuqorida ta’kidlangan eksperimental funksiyalardan biri Safari’da veb-sahifalarning yuklanish, ya’ni saytlarning ochilish tezligini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. Buning uchun quyidagi ko‘rsatmalarga amal qilish lozim.

1-QADAM. Qurilmaning «Sozlamalar» – «Nastroyki» menyusiga kirib, Safari brauzeri bo‘limiga o‘tamiz.

2-QADAM. Sahifaning eng pastida joylashgan «Qo‘shimchalar», ya’ni «Dopolneniya» bandini ochamiz.

3-QADAM. O‘sha joydagi Experimental Features bo‘limiga kiramiz.

4-QADAM. Ro‘yxatdagi Link Preload bandiga belgicha qo‘yamiz.

5-QADAM. Agarda Safari ilovasi ochiq turgan bo‘lsa, uni yopib, qaytadan ochamiz.

Tayyor! Endi Safari’dagi eksperimental funksiya – saytlarni tezroq yuklash imkoniyati faollashtirildi. Siz buni, avval qiyin ochilayotgan saytlarga keyingi gal kirishingizdayoq payqaysiz.

O‘QING: Turli brauzerlarda saqlangan parollarni ko‘rish yo‘llari

Xo‘sh, aslida bu qanday funksiya va biz nimani o‘zgartirdik?

Link Preload funksiyasi qanday vazifa bajaradi?

Link Preload (oldindan yuklash) funksiyasi aynan brauzerning ish samaradorligini yaxshilash uchun yaratilgan. Siz Safari orqali biror saytda kontent tomosha qilayotganingizda, brauzeringiz Link Preload funksiyasi yordamida navbatdagi sahifani – siz bu sahifadan keyin o‘tishingiz mumkin bo‘lgan veb-resursni yuklab turadi.

Oldindan yuklanadigan resurs turlicha bo‘lishi mumkin – qidiruv natijalaridagi hozir ko‘rilayotgan sahifadan keyingi sahifa; ko‘rilayotgan sahifadagi havola orqali o‘tiladigan sahifa; bu sahifada havolasi berilgan videokontent va hokazo. Link Preload funksiyasi yordamida Safari brauzeri shu kabi turli kontent materiallarini avvaldan tayyorlab turadi va unga o‘tish buyrug‘ini berishingiz bilanoq ekranga chiqarib beradi.

O‘QING: iOS va Android smartfonlarida reklamadan butkul xalos bo‘lish

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!