iOS beta 3 chiqdi - o‘zgarishlar bilan tanishamiz!

iOS beta 3 chiqdi - o‘zgarishlar bilan tanishamiz!

Iyun oyida Apple kompaniyasi macOS Catalina, iPadOS, watchOS 6, tvOS 13 va iOS 13’larning ikkinchi beta talqinini namoyish qilgandi. Kecha esa kompaniya dasturchilarga mo‘ljallangan uchinchi to‘plamni tarmoqqa yukladi.

Qo‘yida yangi talqinda yuz bergan o‘zgarishlar bilan tanishishingiz mumkin:

  • Asosiy oynaga o‘tishda yangi animatsiya
  • App Store ilovasidagi «Arkada» oynasi yanada ko‘proq detallarni ko‘rsatadigan bo‘lgan
  • “Sozlamalar”da «FaceTime Attention Correction» funksiyasi paydo bo‘lgan, ammo bu faqatgina iPhone XS / XS Max modellariga taa’luqli
  • Endi Safari’dan boshqa ilovalardan ham sahifaning to‘liq skrinshotini olish mumkin.
  • Ovoz indikatori ko‘rinishi o‘zgargan hamda ekranning chap tomoniga ko‘chgan.
  • tvOS 13 ilovasi animatsiyasi yangilangan

Aytish kerakki, iOS 13 beta 3 talqini iPhone 7 va iPhone 7 Plus uchun mavjud emas. Ushbu beta talqinni dasturchi profili mavjud bo‘lgan foydalanuvchilar o‘rnatib olishi mumkin.

O‘QING: iOS 13 yoki iPadOS beta-versiyasini qaysi iPhone va iPad’larga, qanday o‘rnatamiz?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!