iPad odam o‘ldirgani uchun Apple’ni sudga berishdi

  •   DiMaX
  •  970
  •  16.02.2019 13:58

iPad odam o‘ldirgani uchun Apple’ni sudga berishdi

Smartfonlar, planshetlar va boshqa gadjetlarning yonib yoki portlab ketishi sababli yong‘in chiqishi, kishilar jarohatlanishi holatlari uchrab turadi. Ammo bunday vaziyatlarning ham kamdan-kam qismi fojia bilan tugaydi.

O‘QING: Samsung yonib ketgan Galaxy S7 Edge o‘rniga foydalanuvchiga yangi Galaxy S9 sovg‘a qildi

Amerikalik Juliya Ayrlend Meo (Julia Ireland Meo) o‘zi yashayotgan Nyu-Jersi shtati sudiga Apple korporatsiyasi ustidan ariza topshirdi. Uning da’vosiga ko‘ra, otasining o‘limiga iPad sababchi bo‘lgani uchun uning ishlab chiqaruvchisi javob berishi kerak.

Bredli Ayrlend (Bradley Ireland) chindan ham iPad sababli kvartirada yuzaga kelgan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan. Da’vo arizasiga ko‘ra, bu fojia 2017 yilning 22 fevralida yuz bergan. Yong‘in aynan planshet nuqsoni, aniqrog‘i – uning akkumulyatori portlashi sababli kelib chiqqan.

Juliyaning ta’kidlashicha, iPad portlashi otasining o‘limiga sabab bo‘lgan, shuning uchun ham Apple yetkazilgan zararni qoplab berishi lozim. Ammo korporatsiya to‘lib berishi kerak bo‘lgan mablag‘ miqdori arizada ko‘rsatilmagan – uni sud belgilaydi. Shuningdek, planshetning modeli ham, undagi akkumulyator original yoki yo‘qligi ham ma’lum qilinmagan.

Biz esa muxlislarimizdan turli gadjetlarni ishlatishda ehtiyotkorroq bo‘lishlarini so‘raymiz hamda batareyalarning portlashi, buning sabab va oqibatlari, himoyalanish usullari haqidagi mana bu maqolamiz bilan tanishib qo‘yishni tavsiya etamiz.

O‘QING: Mijozlarini qayg‘urgani uchun Apple’ni sudga berishdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!