iPhone 13'lar narxlari ma’lum bo‘ldi

iPhone 13'lar narxlari ma’lum bo‘ldi

Bir necha kun oldin, yangi Apple iPhone 13 smartfonlari hozirgi iPhone 12'larga qaraganda qimmatroq bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Buning sababi ishlab chiqaruvchilar komponentlar to‘liq yetishmasligi fonida butlovchi qismlar narxini oshirganida ekani aytilgandi.

O‘QING: Apple iPhone narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, avgust)

Endi esa Xitoy manbasi barcha iPhone 13 modellarining narxini ma’lum qildi. Ma’lumotlarga qaraganda, smartfonlar nafaqat komponentlar narxining oshishi, balki yangi xotira versiyalari hisobiga ham qimmatlashadi. iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max'lar 1 TB ichki xotiraga ega bo‘ladi.

Umuman olganda, narxlar quyidagicha:
• 64 GB - 850 dollar;
• 128 GB - 925 dollar.

iPhone 13 (4 GB tezkor xotira):
• 256 GB - 1170 dollar.

iPhone 13 Pro (6 GB tezkor xotira):
• 128 GB - 1310 dollar;
• 512 GB - 1620 dollar;
• 1 TB - 2050 dollar;
• 128 GB - 1435 dollar;
• 512 GB - 1745 dollar;
• 1 TB - 2175 dollar.

Albatta, bu narxlarni faqat benchmark sifatida ko‘rib chiqish mumkin: rasmiy taqdimot yaqinlashganda internetda yangi va yangilangan ma’lumotlar paydo bo‘ladi. Yangi mahsulotlarning haqiqiy narxini faqat Apple o‘zi oshkor qiladi.

O‘QING: Mark Gurman: «Apple barmoq izi skanerini sinab ko‘rdi hamda undan voz kechdi»

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.