iPhone 13'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

iPhone 13'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Displey yuqorisidagi qoshning kichrayishi hamda kameralar joylashuvining o‘zgarishi iPhone 13 dizaynidagi eng katta o‘zgarish hisoblanadi. Hozirda qurilma seriyadagi eng ko‘p sotilayotgan smartfon.

O‘QING: Xiaomi Redmi Note 8 2021'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Ekranning yuqoridagi qosh birinchi bo‘lib 2017 yilda ishlab chiqarilgan iPhone X'da ko‘rinish bergan edi. Shundan so‘ng, ushbu dizaynni boshqa smarfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ham o‘zlashtirib olgan edilar. Lekin ushbu dizayn tez eskirdi. Yangicha yumaloq tirqishli hamda sizib chiquvchi selfi kameralar yaratildi. Mana to‘rtinchi yildirki, Apple hali ham ushbu qoshdan voz kechmayapti. Shunday bo‘lsa ham, iPhone 13 seriyasida ushbu qosh 20% ga kichraydi.

Foto: GSMArena

Smartfonda yana bir qancha o‘zgarishlar mavjud. Qurilma 6.1 dyuymli Super Retina XDR OLED displeyiga ega bo‘lib, ushbu displey Dolby Vision funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, uning yorqinlik darajasi ham oshgan. iPhone 13'ga unumdorligi yuqori bo‘lgan A15 Bionic chipi hamda ikkita 12MP kamera o‘rnatilgan. Asosiy kameraning sensori kattalashgan hamda unga o‘tgan yilgi iPhone 12 Pro Max'dan olingan harakatlanuvchi sensorli stabilizatsiya o‘rnatilgan.

Bundan tashqari, qurilmaning doimiy xotirasi ikki barobarga oshirildi, akkumulyator sig‘imi ham kengaydi, kameraga Cinematic rejimi qo‘shuldi.

Demak, iPhone 12 bilan taqqoslansa, iPhone 13 yorqinroq ekran hamda kichraygan qosh, kattaroq xotira, kattaroq sig‘imli akkumulyator, takomillashgan asosiy kameraga ega.

Apple iPhone 13'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 146.7x71.5x7.7mm, 174g; old panel shisha (Gorilla Glass), orqa panel shisha (Gorilla Glass), alyuminiy rom; IP68 suv va changdan himoya standarti.

> Displey: 6.1 dyuymli Super Retina XDR OLED displeyi, HDR10, Dolby Vision, 1200 nit yorqinlik (maksimal), 1170x2532 piksel rezolyutsiya, 19.48:9 forma faktori, 460ppi zichlik.

> Chipset: Apple A15 Bionic (5 nm): 6 yadroli (2x3.22 GHz Avalanche + 4xX.X GHz Blizzard); Apple GPU (4-core graphics).

> Xotira: 4/128GB, 4/256GB, 4/512GB.

> OT/Dasturiy ta’minot: iOS 15.

> Kamera: Asosiy kamera: 12MP, f/1.6, 26mm, 1.7µm, dual pixel PDAF, harakatlanuvchi sensorli stabilizatsiya; Ultrakeng: 12MP, f/2.4, 120˚, 13mm.

> Selfi kamera: Asosiy selfi kamera: 12MP, f/2.2, 23mm, 1/3.6“; Sath kamera: SL 3D.

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@24/30/60 kadr/sek, 1080p@30/60/120/240 kadr/sek, HDR, Dolby Vision HDR, stereo ovoz yozish imkoniyati; Selfi kamera: 4K@24/25/30/60 kadr/sek, 1080p@30/60/120 kadr/sek, gyro-EIS.

> Akkumulyator: 3,240 mAs, 20 vatt quvvatlash texnologiyasi, 50% - 30 daqiqada (reklamaga ko‘ra), USB Power Delivery 2.0, 15 vatt MagSafe quvvatlash texnologiyasi, 7.5 vatt simsiz quvvatlanish imkoniyati.

Boshqa: Face ID, NFC, Siri ovozli boshqaruv yordamchisi.

iPhone 13'dagi eng katta kamchilik - bu uning displeyi 120Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlamaydi.

ProMotion funksiyasi faqatgina 13 Pro hamda Pro Max modellarida bor. Bazaviy modeldagi iPhone'larning ProMotion funksiyasiga ega bo‘lishini yana kamida bir yil kutish kerak bo‘ladi.

Shunday bo‘lsa-da, qurilmadagi ultrakeng kameraning autofokus imkoniyati yaxshilangan.

Qadoq tarkibi

Apple o‘z smartfonlarining qutisidan kerakli aksessuarlarni olib tashlamoqda. Bunga kompaniya elektron chiqitlarni kamaytirishga e’tibor qaratyotganini sabab qilib ko‘rsatmoqda. Hatto Apple bu yilgi iPhone'larning qadog‘idan plyonka o‘ramlarni olib tashladi.

Qutida esa smartfon bilan birga Lightning kabeli, SIM karta ejektori hamda Apple stiker bo‘ladi xolos.

Foto: GSMArena

Bu yilgi iPhone'lar turli sabablarga ko‘ra hali ham Lightning portidan USB-C portiga o‘tmagan. Yevropa Ittifoqi Komissiyasi esa iPhone'larning USB-C portiga o‘tishini Apple'dan talab qilmoqda. Balki kelasi yilgi iPhone 14 seriyasi USB-C portiga ega bo‘lar.

O‘QING: realme 8i'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!