iPhone 14 Pro necha vatt tezlikda zaryadlanishi ma'lum bo'ldi

iPhone 14 Pro necha vatt tezlikda zaryadlanishi ma'lum bo'ldi

Apple o'zining yangi avlod iPhone smartfonlari kelayotgan sentabr oyining 7-sanasida taqdim qilishni rejalashtirdi. Taqdimot kuni yaqinlashar ekan, bo'lajak iPhone 14 qatoridagi modellar haqida yanada ko'plab ma'lumotlar tarqatilmoqda.

Mart oyiga qaytadigan bo'lsak, tahlilchi Ming-Chi Kuo Apple kompaniyasi bu yil 30 vattli zaryadlovchini taqdim qilishi haqida xabar bergan edi. Endilikda ushbu xabar likster DuanRui tomonidan ham tasdiqlanmoqda. Uning bergan ma'lumotlariga ko'ra, noma'lum brend yangi  zaryadlash mahsulotlarini mediaga jo'natmoqda va u iPhone 14 seriyasi videolarining birida reklama qilinadi.

Ma'lum bo'lishicha, yangi iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max modellari faqat quvvati 0% ga yaqin bo'lganda 30 Vt tezlikda zaryadlanashni qo'llab-quvvatlaydi, keyin esa 25-27 vt tezlikka tushib qoladi (aytish kerakki, odatiy quvvatlash jarayoni shunday ishlaydi). Taqqoshlash uchun, hozirgi iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max rasman 20Vt tezlikda quvvatlanadi, lekin norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, tezlik 23-25 Vt gacha ko'tarilishi mumkin. Albatta, bir necha vatt ham quvvatlash vaqtini bir necha 5-10 minutga qisqartiradi va bu iPhone egalari uchun yaxshi bo'lsa yaxshiki, yomon emas.

Afsuski, iPhone 14 qatoridagi telefonlar hali ham Apple'ning "eksklyuziv" Lightning portlari bilan chiqariladi. Shuningdek, 30 Vt tezlikda zaryadlaydigan quvvatlash adapterlarini ham alohida sotib olishingiz kerak bo'ladi, chunki ular quti ichiga qo'shilmaydi. 

O'QING: Telegram'dagi yuzerneymlarning 70% eronlik kiberskvotterlar tomonidan band qilib kelingan - Durov

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!