iPhone 14 qachon taqdim qilinishi aytildi

iPhone 14 qachon taqdim qilinishi aytildi

Apple kompaniyasi kelayotgan kuz faslida o'zining yildagi eng katta tadbirlaridan biri, yangi avlod iPhone'larini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Bo'lajak iPhone 14 qatoridagi smartfonlar haqidagi ma'lumotlar allaqachon internetga sizdirilgan edi, endi esa ularning aniq taqdimot sanasi ma'lum bo'ldi.

Bir necha oy avval Apple yilning 37-haftasiga katta nimadir rejalashtirib qo'ygani va kompaniya odatda tadbirlarni seshanba kuni o'tkazishini hisobga olsak, bu yilgi iPhone smartfonlari 13-sentabrda chiqarilishi aytilgan edi. Endilikda iHacktu Twitter sahifasi ham kupertinoliklar aynan shu kuni iPhone 14 chiqarishini tasdiqladi va uning qo'shimcha qilishicha, yangi qurilmalar uchun oldindan buyurtma berish 16-sentabrdan, ularning yetkazib berilishi esa, 23-sentabrdan boshlanadi.

Shuningdek, The Galox taxallusi ostida blogerlik qiladigan insayder ham Apple yangi avlod iPhone'larini 13-sentabrda chiqarishi mumkinligini aytgan, biroq uning gaplariga qaraganda yangi smartfonlar sotuvi o'sha kundan boshlanadi.

Apple'ning o'zi ham bir necha haftadan keyin taqdimot sanasini rasman ma'lum qilishi va tadbir davomida to'rt xil modeldagi: iPhone 14, iPhone 14 Pro, iPhone 14 Max, iPhone 14 Pro Max smartfonlarini o'tgan yilgidan 100 dollar oshirilgan narxda taqdim qilishi kutilmoqda.

O'QING: Xiaomi 12 Lite taqdim etildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!