iPhone 16 seriyasi bilan iPhone X dan beri qo‘llanib kelinayotgan an’ana o‘zgaradi

iPhone 16 seriyasi bilan iPhone X dan beri qo‘llanib kelinayotgan an’ana o‘zgaradi

2017 yilda taqdim qilingan iPhone X modeli Apple smartfonlari dizaynida katta o‘zgarishni boshlab bergan edi: Home tugmasi va ekran yuqori ramkasining ko‘p qismi olib tashlandi, shu bilan birga ekran sezilarli darajada uzunasiga cho‘zildi. Shundan so‘ng kompaniya o‘z flagmanlarida 16 ga 9 tomonlar nisbatili ekrandan foydalanishni to‘xtatib, 19.5:9 o‘lchamga o‘tdi. Apple ushbu o‘lchamdan haligacha foydalanadi yoxud hozirgi iPhone 14 seriyasidagi modellarga ham shu tomonlar nisbati qo‘llanilgan va bu bir necha oydan keyin taqdim qilinishi kutilayotgan iPhone 15 seriyasi uchun ham saqlab qolishini kutilmoqda. Biroq, iPhone 16 seriyasi bilan bu an’ana o‘z yakuniga yetishi mumkin.

Displeylar borasida ishonchli ma’lumotlar beradigan DSCC (Display Supply Chain Consultants) tahlilchilaridan biri, Ross Young o‘zining Twitter sahifasida iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max smartfonlari tomonlari nisbati bo‘yiga kattaroq bo‘lgan ekranga ega bo‘lishi haqida xabar bermoqda (GSMArena orqali). Uning so‘zlariga ko‘ra, bo‘lajak smartfonlar ekran diagonali Pro modelda 6.1 dyuymdan 6.2X (yoki 6.3) gacha, Pro Max modelda esa 6.7 dyuymdan 6.8X (yoki 6.9) gacha o‘sadi. Bu 20:9 yoki 20.5:9 tomonlar nisbati bo‘lishi tahmin qilinmoqda.

Sezganingizdek, gap faqat Pro modellar haqida ketyapti. Qolgan oddiy modellar juftligi esa ehtimol bir necha yildan keyin kattaroq o‘lcham bilan yangilanishi mumkin yoxud avvalroq Ross Young ulashgan Apple'ning iPhone smartfonlari uchun displey yangilanishlari xaritasida displey borasidagi yangiliklar avval Pro modellarga, keyingi yillarda esa oddiy modellarga qo‘llanishini ko‘rgan edik. Shuningdek, o‘sha xaritadi

iPhone 15 taqdim qilinishiga hali bir necha oy bor. iPhone 16 seriyasi esa keyingi yil taqdim qilinadi. 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!