iPhone 2019 haqidagi ilk ma’lumotlar chiqdi – ulardan inqilob kutmang!

  •   DiMaX
  •  945
  •  16.10.2018 11:41

iPhone 2019 haqidagi ilk ma’lumotlar chiqdi – ulardan inqilob kutmang!

Apple korporatsiyasi hali yaqindagina iPhone XS va iPhone XS Max flagmanlarini, shuningdek nisbatan hamyonbop iPhone XR modelini rasman taqdim etgan edi. Endi yana ushbu oyning oxirrog‘ida yana ikkita – endi chinakamiga arzon iPhone chiqishi taxmin qilinayotir.

O‘QING: Apple shu oyda yana ikkita hamyonbop ayfon chiqaradi, ulardan biri iPhone SE 2 bo‘lishi mumkin!

Internetda esa allaqachon keyingi yil chiqariladigan iPhone’lar xususida ham birinchi ma’lumotlar tarqala boshladi. Ularni Apple mahsulotlari bo‘yicha mashhur tahlilchi Min-Chio Kuo taqdim etgan.

Xabarlarga ko‘ra, kupertinolik gigant iPhone 2019 modellarining tovush yangrashini yaxshilaydi. iPhone XS va XS Max flagmanlarining tovush balandligi iPhone X modeliga nisbatan 50 foizga oshirilgan bo‘lsa, keyingi yilgi ayfonlarda u yanada kuchaytiriladi. Ovoz sifati ham anchagina oshirilishi aytilgan.

Lekin 2019 yilgi iPhone’larning suv o‘tkazmaslik darajasi oshirilmaydi, demoqda Min-Chio Kuo. Bu yilgi iPhone XS hamda XS Max modellaridagi kabi, ular ham himoyaning IP68 standartiga ega bo‘lib, ikki metrgacha suv tubida yarim soatgacha qolganida ham shikast yetmaydi.

Sentyabrda taqdim etilgan ayfonlarni va kupertinolikning boshqa ayrim modellardagi smartfonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan qulay narxlarda, onlayn usulda xarid qilish imkoniyati mavjud. Bunda uyingiz yoki ofisingizdan chiqmasdan turib onlayn buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish, haqini tovar qo‘lingizga tekkanidan keyin to‘lashingiz mumkinligi kabi imkoniyatlar sizga ham ma’qul kelishiga ishonamiz.

O‘QING: Chegirmali iPhone Xs, Xs Max va boshqa ayfonlarni Terashop.uz’dan oling (2018 yil 9 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!