iPhone 6 – yorqin va katta ekranli telefon
Apple kompaniyasi an’anaviy me’yorlarini buzib, nihoyat katta ekranli iPhone chiqarishga qaror qildi. Smartfonlar bozori allaqachon yirik hajmli qurilmalar bilan gavjum. Lekin Apple mahsulotlarining e’lon qilinishi tarixiga qaraydigan bo‘lsak, kompaniya ayrim soha va yo‘nalishlarni boshlab berishda birinchi bo‘lmasa ham, aksariyat holatlarda sifat va ommaboplikda boshqalardan o‘zib ketishi ma’lum. Shu bois katta hajmli smartfonlar ishlab chiqarishda Apple raqiblarini ortda qoldirib, bozorda o‘z o‘rnini topa olishiga hech kim shubha qilmadi.
Dizayn
iPhone 6 kattaroq va tiniqroq ekranga ega. Dizayni bo‘yicha ham avvalgi avlod iPhone ixlocmandlarining ko‘nglini topishga alohida diqqat qaratilgan. Bu safar ranglar uchta: kumushrang, oltin va kulrang.
iPhone 6 bo‘yiga 5,44 dyuym, eniga esa 2,64 dyuym kattalikka ega. Hajmi bo‘yicha u Moto X va yangi HTC Onye o‘rtasida turadi. Samsung Galaxy S5 bilan bir xil kattalikda deyish mumkin. Lekin iPhone 6 engilroq va ingichkaroq.
Qiyofasidagi muhim o‘zgarishlardan yana biri uning o‘tkir chetli va burchakli dizayndan voz kechib, boshqa ko‘plab Android qurilmalarida bo‘lgani kabi yassi ko‘rinishni qabul qilganidir.
Ekran
5S versiyasini ishlatib yurgan odamning qo‘lida iPhone 6 ancha katta ko‘rinadi. Shunga qaramay, u qulay va ishlatishda kattaligi pand bermaydi. iPhone 6 ning eng muhim yutug‘i yoki o‘ziga xos jihati bu uning ekrani. U diagonaliga 4,7 dyuym bo‘lib, rezolyusiyasi bo‘yiga 1334 piksel va eniga 750 pikselni tashkil etadi. U Samsung Galaxy Note 4 kabi piksellarining zichligi bilan emas, balki haddan ziyod yorqin va tiniqligi bilan ajralib turadi. Ranglar juda tiniq va qiyalatib ham ekranni bemalol ko‘rish mumkin.
Apple shunchaki katta ekranli smartfon yaratishni maqsad qilmagan, balki katta ekranli telefonlarni qanday ishlatish bo‘yicha ham yangi mezonlarni o‘rnatishni xohlagan. Bu bilan esa y biz telefon orqali qiladigan va ko‘radigan narsalarga o‘zgarish olib kirmoqchi.
Batareya
Hajmning kattalashishidan foyda ko‘rgan eng muhim telefon qismlaridan biri uning batareyasi. iPhone 6ning batareyasi ko‘p foydalanilgan holatda bir yarim kungacha yetadi.
Yangi telefonda, shuningdek, NFC tizimi o‘rnatilgan bo‘lib, endi telefon orqali do‘konlarda narsalarni xarid qilish mumkin. Applening mashhur Apple Pay to‘lov tizimi ham NFC texnologiyasi asosida ishlaydi. Wi-Fi va LTE texnologiyalarida ham yaxshilanish kuzatilgan va natijada internetga ulanish tezligi va sifati oshgan.
Kamera
Telefonning yana bir alohida e’tiborni tortuvchi jihati bu uning 8 megapikselli kamerasidir. Megapiksellari miqdorida o‘zgarish ro‘y bermagan bo‘lsa ham, iPhone 6 yangi sensorlar bilan jihozlangan. Bu esa rasm sifatining yaxshilanishiga hissa qo‘shadi.
Operatsion tizim
Smartfon, shuningdek, yangi iOS 8 operatsion tizimi bilan qurollangan. Telefon ichki dizaynida o‘zgarishlar ko‘p. Klaviaturaning terilayotgan so‘zlarni oldindan sezish hissi kuchaygan.
Afsuski, iOS 8 ning barcha yangi xususiyatlari hali iPhone 6 uchun mavjud emas. Masalan, qo‘ng‘iroqlar va smslarni bir qurilmadan ikkinchisiga o‘tkazish yoki telefonda bo‘layotgan suhbatni boshqa qurilmaga o‘tkazib davom ettirish imkoniyatlari va’da qilingan, ammo hali joriy etilmagan.
iPhone 6 smartfoni 16, 64 va 128 gigabayt ichki xotiraga ega. AQShda bu telefonning kontraktciz va qulflanmagan modellari 650 (16 gb), 750 (64 gb) va 850 dollardan (128 gb) sotilmoqda.
Rasmlar
Xulosa
Qaerdan sotib olish mumkin?
www.asaxiy.uz | 3,524,250 сўм | Sotib olish |
www.olx.uz | $300 - $430 | Sotib olish |
Afzalligi
Kamchiligi