iPhone 7: +Plus, +Pro … Apple o‘z sha’ni uchun “jangga” tayyorlanmoqda

iPhone 7: +Plus, +Pro … Apple o‘z sha’ni uchun “jangga” tayyorlanmoqda

19 iyun kuni xitoylik smartfon yetkazib beruvchi kompaniyalardan biri e’lon qilgan suratda iPhone 7 smartfoni 3 xil talqinda  tasvirlangan. Ya’ni, iPhone 7, iPhone 7 Plus hamda iPhone 7 Pro.

Aprel oxirida Apple rahbari Tim Kuk iPhone 7 haqida to‘xtalib, uning foydalanuvchi usiz yashay olmaydigan o‘ziga xos jihatga ega bo‘lishini aytgan edi. Hozircha iPhone’ning navbatdagi avlodiga xos o‘ziga xoslikning nima ekani aniq emas.

Yaponiyaning Nikkei nashri iPhone 7 tashqi jihatdan iPhone 6 va iPhone 6s’dan farq qilmasligini, Jackdaw Research i Moor Insights & Strategy marketing kompaniyasi esa dizaynning o‘zgarishsiz qolishi katta xato bo‘lishi, iPhone savdosi yanada tushib ketishini ma’lum qilgan edi.

iPhone 7 smartfonini ishlab chiqarish shu yilning bahor oyidan boshlab yuborilgan. Shu sababli, hozir qurilmaning norasmiy suratlari tez-tez e’lon qilinmoqda.

Dizayning umumiy jihatlari navbatdagi avlod ayfonlarida ham saqlanib qolinadi. iPhone 7’da 4.7 dyuymli FullHD, iPhone 7 Plus’da esa 5,7 dyuymli QHD ekran bo‘ladi. Shuningdek, unda 2 kamera va Smart Connector porti mavjud bo‘ladi.

iPhone 7 va iPhone 7 Plus bilan birga iPhone 7 Pro — 5,7 dyuym ekranli megasmartfon ham taqdim etiladi. Uning akkumulyator sig‘imi 3500 mA soat bo‘lishi kutilmoqda. Smartfon ultra sermahsul A10x protsessoriga ega bo‘ladi. Undagi dok-konnektor yordamida uni klaviatura yoki boshqa qurilmalar bilan ulash mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, iPhone 7 “aqlli telefon”i bilan birga 1-2 metr masofadan quvvatlash imkonini beruvchi dok-stansiya, maxsus quvvatlash idishiga ega simsiz audio quloqchin ham namoyish qilinadi.

Mazkur qurilmalarning biri OLED texnologiyadagi ekranga ega bo‘lishi, 2 SIM-kartali talqinda ishlab chiqarilish haqida xabarlar mavjud.

iPhone 7’ning ekran panelidagi bosh tugma klavishi endi sensor ko‘rinishga o‘tadi. TouchID tizimga kirish tugmasi ham ekran qismidan joy oladi.

Apple Xitoydagi “arzonchi” raqiblari bois narx-navo masalasida o‘ylab ish ko‘rishi aniq. Sentyabr oyida taqdim etilish kutilayotgan iPhone 7’ning 32 Gbayt.li talqini 550 yoki 600 AQSh dollari narxida sotuvga chiqariladi. Qolgan ikki talqinning keyingi yilda savdoga chiqishi taxmin qilinmoqda.