iPhone Android'ning muhim jihatini o‘zlashtiradi

iPhone Android'ning muhim jihatini o‘zlashtiradi

KGI kompaniyasining taniqli eksperti va tahlilchisi Ming-Chi Kuo bugun o‘zining navbatdagi qarashlari bilan o‘rtoqlashdi. Apple bu yil ishlab chiqaradigan smartfonlarga daxldor yangilikda qayd etilishicha, bu yilgi iPhone devayslari ikkita sim kartani qo‘llab-quvvatlaydi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya joriy yilda 6,1 dyuymli ikki modelni ishlab chiqaradi. Ulardan biri ikkita SIM-kartada ishlashga mo‘ljallangan bo‘ladi. Tahlilchi mazkur modelning 650-750 AQSh dollariga baholanishini ham ma’lum qilgan.

O‘qing: Telegram'ga VPN orqali kirish qonuniymi? Roskomnadzor javob berdi.

«6,1 dyuymli va LCD-ekranli, shuningdek ikkita sim kartani qo‘llab-quvvatlaydigan iPhone qurilmasining ishlab chiqarilishi bu yil uning savdosining yanada yaxshilanishiga hissa qo‘shadi. Bunday modellar naxr-navo diapazonini kengaytirish, shuningdek ikki sim kartali smartfonlarni xush ko‘radigan Xitoyda muvaffaqiyat qozonishni ta’minlaydi», – deydi Kuo.

Shu bilan birga, tahlilchining so‘zlariga qaraganda 6,5 dyuymli hamda OLED matritsali displeyga ega bo‘ladigan eng qimmat iPhone ham bu yil ikkita SIM-kartada ishlash imkoniga ega bo‘ladi. Ekran diagonali 5,8 dyuymli boshlang‘ich model esa bunday funksiya bilan ta’minlanmaydi.

Ming-Chi Kuo qayd etishicha, ikki sim kartali iPhone haqidagi ma’lumot yaqindagina aniq bo‘lgan. Shuning uchun uni ishlab chiqarish ham bir oz vaqtni oladi. Intel va Qualcomm protsessorlari o‘rnatilishi kutilayotgan bunday gadjetlar savdoga boshqalaridan bir oz kech chiqarilishi mumkin.

Insayderlarning yozishlaricha, 6.5 dyuymli, OLED displeyli iPhone 1099 AQSh dollardan, ayfonning 5.8 dyuymli va OLED-displeyli talqini esa 999 AQSh dollaridan hamda 6.1 dyuymli va LCD-displeyli model 750 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

O‘qing: P20 va P20 Pro savdoda rekord o‘rnatdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!