iPhone’da g‘ayrioddiy suratga tushirish yo‘llarini Apple ko‘rsatib berdi (videolar)

  •   DiMaX
  •  2167
  •  14.02.2018 17:40

iPhone’da g‘ayrioddiy suratga tushirish yo‘llarini Apple ko‘rsatib berdi (videolar)

Apple o‘zining YouTube-kanalida iPhone kamerasi imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish yo‘llarini ko‘rsatuvchi videolavhalarni e’lon qildi. Bular reklama roliklari emas, balki videoko‘rsatmalardir.

O‘QING: iPhone’da to‘g‘ri suratga olishni o‘rganamiz (videoqo‘llanmalar)

Kupertinolik gigant tomonidan taqdim etilgan dastlabki videolavha asosan iPhone X superflagmani egalari uchun, oxirgisi esa – iPhone 6s va undan keyingi modellardagi ayfonlar sohiblari uchun juda qo‘l keladi.

Apple birinchi klipida TrueDepth old kamerasini hamda «Portretsimon yorug‘lik» effektini qo‘llagan holda to‘g‘ri selfi qilishni o‘rgatgan. Surat muvaffaqiyatli chiqishi uchun old kamerani ochish, portret rejimini va o‘zingizga yoqqan effektni tanlash kifoya. Buning natijasini quyidagi 30 soniyalik videoda ko‘rish mumkin:

Ikkinchi qo‘llanma esa, allaqachon portret rejimida olingan selfini qanday tahrirlash haqidadir. Buning uchun «Foto» ilovasini ochib, kerakli suratni topish va tahrirlash tugmachasini bosish lozim. Shundan so‘ng yorug‘lik effektlarini qo‘shish yoki o‘zgartirish hamda yangi rasmni galereyada saqlash mumkin.

Uchinchi roligida esa Apple, mos keluvchi iPhone’larda Live Photos effektlaridan birini qanday qo‘llashni namoyish etib bergan. Foydalanuvchi buning uchun kerakli suratni topib, ekran bo‘ylab yuqoriga svayp qiladi, keyin esa o‘ziga yoqqan effektni tanlaydi.

O‘QING: Kredit bo‘yicha iPhone’larning so‘mdagi narxlari (2018 yil 13 fevral)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!