iPhone egalari xavf ostida: ularning akkaunti va pullarini o‘marishning yangicha usuli chiqdi!

  •   DiMaX
  •  745
  •  20.10.2018 16:02

iPhone egalari xavf ostida: ularning akkaunti va pullarini o‘marishning yangicha usuli chiqdi!

Firibgarlar hamisha zamonga moslashib, odamlarning pulini shilishning yangi-yangi yo‘llarini o‘ylab topaveradilar. Jumladan, elektron pochta orqali fishing usulida akkauntlarni o‘g‘irlab olishning ham turlicha ko‘rinishlari bor.

O‘QING: Sharpa treyderlar: firibgarlar pulingizni umarishning yangi usulini qo‘llamoqda

Ayni damda esa iPhone egalariga feyk xatlar yuborib, ularning shaxsiy akkaunt ma’lumotlarini hamda bank plastik kartalari ma’lumotlarini o‘g‘irlash avj olgan. Bunda fishing-maktub xuddi Apple va Spotify kompaniyalaridan kelgandek ko‘rinadi. Ammo u butunlay qalbaki bo‘lib, adresatni aldab uning ma’lumotlarini olishga mo‘ljallangan.

Bu haqda Reddit foydalanuvchilaridan biri xabar bergan. Aytilishicha, go‘yoki Apple va Spotify nomidan kelgan xatda 150,99 dollar evaziga Spotify Premium yillik obunasi rasmiylashtirilayotgani xabar qilinadi.

Tabiiyki, foydalanuvchi vahimaga tushadi – bu ozmuncha pulmi!? Tezda xatda kelgan havola orqali o‘tib, obunani bekor qilishga urinadi. Ammo bu havola uni Apple sahifasiga emas, balki firibgarlarning soxta manzilli saytiga eltadi. U yerda esa o‘zining Apple akkaunti ma’lumotlarini va parolini kiritish so‘raladi. Payqaganingizdek, bu ma’lumotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri firibgarlarning qo‘liga o‘tadi.

O‘QING: Firibgarlar qarmog‘i. Plastik kartadagi pullaringiz joyidami?

Mutaxassislar spam-tarqatmalarga e’tibor bermaslikni hamda antispam va antifishing funksiyalari ham mavjud bo‘lgan majmuaviy antivirus mahsulotlaridan foydalanishni tavsiya etishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, fishing haqida mana bu maqolamizda, antiviruslarning vazifasiga ko‘ra turlari xususida mana bu yerda, Android uchun eng zo‘r antiviruslar to‘g‘risida esa mana bu joyda ma’lumotlar berganmiz.

O‘QING: UzCard barcha plastik karta egalarini Telegram’dagi firibgarlikdan ogohlantirmoqda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!