iPhone ko‘z harakati bilan boshqariladi

  •   Saroy
  •  1312
  •  09.06.2018 12:58

iPhone ko‘z harakati bilan boshqariladi

Smartfonni barmoqlar yordamida boshqarish – bu endi, o‘tgan asrda qolgan gap. iPhone bilan muomala qilishning yangicha usuli topildi – bu sizning ko‘zingiz. Dasturchi Mett Moss iOS 12 beta-versiyasida ARKit 2.0’ning noodatiy jihatini payqab qoldi. Bu esa, Apple smartfonlarining kutilmagan imkoniyatlarini ochib berdi.

O‘QING: Ehtiyot bo‘ling: suhbatingizni uchunchi shaxs ham eshityapti

 «Men, ARKit 2 ko‘z harakatlarini kuzatishi mumkinligini payqadim va darhol o‘zimga savol berdim – bu, foydalanuvchining  ekranning qaysi nuqtasidan qarayotganini aniq belgilay olarmikan», — deb yozadi u Tvitterda. «Men ko‘z yordamida tizimni boshqarsa bo‘larmikan, deb kichkinagina rolik yozdim».

Ma’lum bo‘ldiki, buning imkoni bor ekan. Shunchaki ekrandagi tugmachaga qaraysiz va uni bosish uchun ko‘zingizni ochib yumsangiz yetadi. Bu texnologiya nafaqat o‘ta dangasa foydalanuvchilarga qo‘l keladi, balki jismoniy imkoniyati cheklangan odamlarga ham yordami tegishi mumkin, deydi  — Mett Moss. Afsuski, ushbu tizim hozircha faqat FaceID’ li  iPhone X’da ishlaydi.

O‘QING: Ehtiyot bo‘ling: suhbatingizni uchunchi shaxs ham eshityapti

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!