iPhone originalligini tishlab ko‘rib tekshirishdi, natijasi dahshat! (video)

  •   DiMaX
  •  1196
  •  24.01.2018 17:29

iPhone originalligini tishlab ko‘rib tekshirishdi, natijasi dahshat! (video)

Odatda turli gadjetlarning originalligini yoki mustahkamligini, zarbaga yo suvga chidamliligini har xil usullar bilan sinab ko‘rishadi. Bu borada yetakchi smartfonsozlarning mahsulotlari ustida o‘tkazilgan drop-testlarga oid bir nechta xabarlarni e’lon qilganmiz.

O‘QING: Eksklyuziv video: iPhone X va iPhone 8’ni betonga tashlab sinab ko‘rishdi!

Kuni kecha Xitoydagi elektronika mahsulotlari do‘konlaridan birida Apple smartfoni bilan bog‘liq qiziq voqea yuz berdi. Mijozlardan biri o‘zining iPhone’i akkumulyatorini almashtirishga kelgan ekan. Ish bitgach, u yangi batareyaning haqiqiyligini tekshirib ko‘rishga qaror qildi. Biroq bunda u umuman kutilmagan usulni qo‘lladi – smartfonini tishlab ko‘rdi!

Uning nega bunday qilgani noma’lum, ammo originallikni sinashning sinalmagan usuli kutilmagan natija berdi. Mana, o‘zingiz tomosha qiling-da:

Aftidan, bu yigit iPhone’ni qattiqroq tishladi, shekilli – oqibatda o‘zi akkumulyatorni shikastlab qo‘ydi. Guvohi bo‘lganingizdek, smartfonni og‘zidan chiqarishi bilanoq u portlab ketdi.

Xabarda aytilishicha, voqea qurbonlarsiz nihoyalangan. Ammo biz baribir smartfonni bunaqa usullarda tekshirib ko‘rishni tavsiya etmaymiz.

O‘QING: iPhone: asl va qalbaki mahsulotni farqlashga oid maslahatlar

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!