iPhone qotib qolsa, uni majburan o‘chirib-yoqishni bilasizmi?

  •   DiMaX
  •  2736
  •  23.06.2018 11:38

iPhone qotib qolsa, uni majburan o‘chirib-yoqishni bilasizmi?

Ayrim hollarda smartfonlar turli sabablarga ko‘ra ishlamasdan – «qotib» qoladi. Na ekrandagi silashlaringizga, na tugmachalarni bosishingizga javob reaksiyasi ko‘rsatmay qo‘yadi. Shunda uni majburan o‘chirib-yoqishga to‘g‘ri keladi, ammo uni o‘chirish tugmachasini bosish ham foyda bermasligi mumkin...

O‘QING: Smartfoningiz «qotib» ishlayotgan bo‘lsa...

Qanchalik puxta ishlangan bo‘lmasin, iPhone’larda ham shunday holatlar uchrab turadi. Shunday hollarda uni ham «xard reset» – «hard reset» qilish orqali ko‘plab muammolarni bartaraf etsa bo‘ladi.

Xo‘sh, iPhone’larda xard reset qanday amalga oshiriladi? Ayfonning modeliga bog‘liq holda, bunda ikki usuldan birini qo‘llash mumkin.

iPhone 7 va undan oldingi modellarda

Mazkur rusumlardagi ayfonlarda xard reset qilish uchun, «Uyga» tugmachasi hamda smartfonni o‘chirib-yoqish tugmachasini birdaniga bosgancha ushlab turish kerak. Shu holda tugmachalarni taxminan 10 soniyacha baravariga bosib turilsa, ekranda Apple logotipi paydo bo‘ladi, keyin ularni qo‘yib yuborasiz.

O‘QING: iPhone yoki iPad keshi va xotirasini tozalaymiz

iPhone 8 hamda iPhone X modellarida

Kupertinolik korporatsiya iPhone 8 turkumidan boshlab o‘z smartfonlarini majburan o‘chirib-yoqish usulini o‘zgartirgan. Demak, iPhone 8, iPhone 8 Plus va iPhone X modellarida «hard reset» qilish uchun quyidagi amallarni shu ketma-ketlikda bajarasiz:

  1. Ovozni balandlatish tugmachasini bitta bosib, tezda qo‘yib yuborasiz.
  2. Endi ovozni pastlatish tugmachasini bitta bosib, darrov qo‘yib yuborasiz.
  3. Korpus yon qirrasidagi – smartfonni o‘chirish-yoqish tugmachasini bosgancha ushlab turasiz. Ekranda Apple logotipi ko‘ringach, qo‘yib yuborasiz.

Aytish kerakki, majburan o‘chirib-yoqish usuli iPhone’larda ko‘plab o‘tkinchi muammolarni hal etishi mumkin. Ammo, agarda smartfondagi muammo shundan keyin ham saqlanib qolsa, keyin boshqa choralarni ko‘rishingiz yoki ustasiga murojaat etishingiz mumkin.

O‘QING: Xizmat ko‘rsatish markazlarida sizni qanday qilib laqillatishadi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!