iPhone va Android-smartfonlar uchun bepul Dr. Mario World o‘yini chiqyapti

  •   DiMaX
  •  842
  •  01.02.2019 11:17

iPhone va Android-smartfonlar uchun bepul Dr. Mario World o‘yini chiqyapti

Nintendo kompaniyasi mobil qurilmalarga mo‘ljallangan Super Mario Run o‘yinini chiqarganidan so‘ng bu turkumga o‘zi ham jiddiy qiziqib qolgan ko‘rinadi. U endi Dr. Mario World o‘yinini smartfonlar uchun taqdim etmoqchi.

O‘QING: Kun raqami: Super Mario Run bir yarim oyda 78 million marta yuklab olindi

Aytish kerakki, «Doktor Mario» haqidagi o‘yinning originali 1990 yili NES («Dendi») uchun chiqqan edi. U biroz qayta ishlangan «Tetris» o‘yiniga o‘xshab ketadi. Aftidan, Dr. Mario World shu g‘oyaning davomi bo‘ladi. Nintendo yangi o‘yin tafsilotlarini oshkor etmayapti, faqat uning pazl janrida bo‘lishini aytgan.

Yana ma’lum bo‘lgani – Android hamda iOS tizimli devayslar uchun Dr. Mario World bepul bo‘ladi. Lekin o‘yin ichida haqiqiy pul evaziga bonuslar xarid qilinadi. Uning relizi shu yil yozda, birdaniga oltmishda mamlakatda amalga oshiriladi.

O‘QING: Steam Awards: 2018 yilning eng zo‘r o‘yinlari (Valve versiyasi)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!