iPhone va iPad quvvatini tejashning osongina yo‘li topildi!

  •   DiMaX
  •  977
  •  10.10.2018 12:17

iPhone va iPad quvvatini tejashning osongina yo‘li topildi!

Apple korporatsiyasi yaqinda taqdim etgan iOS 12 operatsion tizim allaqachon uning ko‘plab qurilmalariga o‘rnatilmoqda. Lekin unda ko‘pchilik shikoyat qilayotgan bitta muammo mavjud – devaysning avtonomligi, batareya quvvatining uzoq vaqtga yetishi kamaygan.

O‘QING: Cmartfon batareyasi quvvatini tejashning 10 ta oddiy usuli

Aksariyat iOS-gadjetlar egalari operatsion tizimni yangilagandan so‘ng quvvati avvalgiga nisbatan tez tugab qolayotganini payqashgan. Dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan ko‘plab foydalanuvchilar turli forumlarda, tarmoqlarda va bloglarda, hatto Apple rasmiy hamjamiyatida ham shuni muhokama qilishmoqda. Bu nafaqat iPhone, balki iPad planshetlarida ham uchrayapti.

Yaxshiyamki, muhokamalarda ayrimlar o‘z tajribasidan kelib chiqib, akkumulyator quvvatini tejash yo‘llarini ham aytishayotir. Shulardan biri – «Ekran vaqti» – «Ekrannoye vremya» opsiyasini o‘chirib qo‘yishdir. Agarda siz ham ayfon yoki aypadingizni iOS 12 talqinigacha yangilagan va uning quvvati tez kamayib qolayotganini sezgan bo‘lsangiz, u holda quyidagi usulda shu opsiyani o‘chirib qo‘yishingiz mumkin:

  1. iOS-qurilmangizdagi «Sozlamalar» – «Nastroyki»ni ochasiz.
  2. «Ekran vaqti» – «Ekrannoye vremya» bo‘limiga o‘tasiz.

  1. Varaqning oxirigacha borib, «Ekran vaqtini o‘chirish» – «Viklyuchit Ekrannoye vremya» bandini tanlaysiz.
  2. Devaysingizni o‘chirib-yoqasiz.

Shu usul bilan yangi operatsion tizimga ega iPhone hamda iPad’lar quvvatini sezilarli darajada tejash mumkin.

O‘QING: Ikkita SIM-karta smartfon quvvatini tez tugatadimi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!