iPhone X Apple’ning “xit”iga aylanmadi

  •   Saroy
  •  839
  •  13.09.2018 10:36

iPhone X  Apple’ning “xit”iga aylanmadi

Counterpoint agentligining xabar berishicha,  2018 yil avgust oyining oxirigacha bozarga jami 63 million dona  iPhone X chiqarilgan. Biroq bu baribir o‘tgan yilning shu davrida sotilgan iPhone 6 sonidan oz. Shunday bo‘lsada, iPhone’ning mazkur modeli savdosidan tushgan daromad  yomon bo‘lmadi.

Xabarda aytilishicha,  smartfonlar bozori to‘lib toshganligiga qaramay, iPhone X  Apple’ga smartfonlarning o‘rtacha narxini sezilarli ravishda ko‘tarib olishga yordam bergan. O‘sayotgan marjinallik uncha yaxshi sotilmagan qurilmalardan ko‘rgan kamomadni qoplab ketdi. Natijada iPhone X ishlab chiqaruvchiga 10 oy ichida 62 milliard dollarlik foydani ta’minladi va  Apple’ning narxi trillion dollarga chiqqan birinchi kompaniya bo‘lishiga yordam berdi.

O‘QING:iPhone XS: 2 milliard yillik materialdan yasalgan korpus

iPhone X ko‘plab rivojlangan bozorlarda ikki choraklik davomida qimmat bo‘lishiga qaramay, eng ko‘p sotilgan model bo‘ldi. Garchi, tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, yangi gadjet Apple’ga yangi foydalanuvchilar ortirishi uchun yordam berolmagan bo‘lsa-da, yuqori marja barchasini qoplab ketdi. «Shunday ekan, buni omadsizlik deyish qiyin», — deb yozadi ekspertlar.

iPhone savdosining  qariyb uchdan biri  iPhone X modeli hissasiga to‘g‘ri kelgan.  iPhone X’dan ko‘rilgan daromad Samsung’ni qo‘shmaganda, o‘tgan 10 oyda  qolgan beshta ilg‘or smartfon  brendlarnikidan yuqori bo‘ldi.

Ekspertlarning bashorat qilishlaricha,  mazkur anonsdan keyin arzonroq JK-displeyli  iPhone modellari  Apple’ga yanada ko‘p foyda keltira boshlaydi, chunki nisbatan arzon romsiz smartfon yangi xaridorlarni o‘ziga jalb etishi kutilmoqda.

O‘QING:"Malika"dan iPhone X o‘rniga olish mumkin bo‘lgan 5 ta arzon smartfon

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!