iPhone X’ni uyaltirgan smartfon
VKontakte saytida ikkita rasmga ovoz berish so‘raldi. Ularning ikkalasi ham bitta rasm, lekin qaysi biri sifatli olingan? Gap ana shunda edi.
Ushbu fotografiyalar DGL.ru sayti redaksiyasi tomonidan namoyish qilingan. Mazkur sayt hozirda MEIZU 15 PLUS haqida sharh tayyorlamoqda. Foydalanuvchilardan qaysi rasm sifatli olingani haqidagi fikri so‘raldi, faqat qurilmaning nomi sir tutildi.
O‘QING: National Geographic uchun Meizu 15'da surat olindi
So‘rov natijalariga ko‘ra, katta farq bilan birinchi fotografiya g‘olib bo‘lgan. Birinchi fotoning ranglarga boyligi va har bir kadrlarning detallashtirilgani ko‘pchilikka ma’qul kelgan. To‘g‘ri ikkinchi rasmni yoqtirganlar ham anchagina, chunki ikkinchi rasm yanada yorqinroq ko‘ringan, lekin u ranglar bilan boyitilmagan, tasvir ham unchalik tiniq emas, kadrlar ham u qadar detallashtirilmagan.
Endi esa qartani ochamiz, ya’ni suratlar qaysi qurilmalarda olingan edi?
Birinchi foto MEIZU 15 PLUS smartfonida olingan, ikkinchi foto esa iPhone X’da. Xullas, yaqin kunlarda MEIZU 15 PLUS haqida katta sharh e’lon qilinadi va undan qurilmaning yangi imkoniyatlarini o‘zingizga kashf qilsangiz ajab emas. iPhone X bu xabarga qanday izoh beradi, bunisi hozircha jumboq.
O‘QING: Meizu’ning yubiley smartfoni ham uch xil versiyada chiqadi!